Mourinyu: "MYU haqida gapirmoqchi emasman"
15 may 2019 15:23
Yangiliklar


Mourinyu: "MYU haqida gapirmoqchi emasman"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "qizil iblislar"dagi vaziyatni muhokama qilishni istamadi va PSJga qarshi bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi 1/8 final bahs haqida gapirdi.
"PSJning CHempionlar ligasini tark etgani haqida tushuntirmoqchi emasman. Nega bunday bo'lganini bilaman, ammo o'z fikrimni aytmoqchi emasman.
"Manchester Yunayted"? Ular haqida gapirishni istamayman. Menimcha, bunga ehtiyojim yo'q, chunki vaqt hammasini tushuntiradi va joy-joyiga qo'yadi. Ularning Parijdagi g'alabasi haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu kamdan-kam bo'ladigan voqealardan biri" - deydi Mourinyu.
Mourinyu "Manchester Yunayted"ni o'tgan yilning dekabr oyida tark etgan edi. Uning o'rnini Ule-Gunnar Sulsher egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar