Mourinyu Kurtua "CHelsi" bilan shartnoma tuzishga majburlashga urinyapti
22 noy 2013 18:32
Yangiliklar


Mourinyu Kurtua "CHelsi" bilan shartnoma tuzishga majburlashga urinyapti
"CHelsi" bosh murabbiyi Joze Mourino Belgiya terma jamoasi va hozirda ijara asosida "Atletiko" darvozasini qo'riqlayotgan Tibo Kurtuani londonliklar bilan yangi shartnoma tuzishga majburlayapti, deb yozmoqda Marca.
Portugaliyalik murabbiy yangi shartnoma 2019 yilga qadar amalda bo'lishini talab qilyapti. Bu niyatiga erishish uchun Mourino darvozabonni shantaj qilishga ham tayyor. Agar Kurtua "CHelsi" bilan yangi shartnoma imzolashni istamasa, Joze uni boshqa hech qachon ijaraga qo'yib yubormaslik va 2016 yilgacha zahira o'rindig'ida olib o'tirish bilan qo'rqityapti. CHunki Kurtuaning amaldagi shartnomasi 2016 yilgacha mo'ljallangan.

Fikrlar