Mourinyu - Eriksenning jismoniy holati haqida: "Ahmoq emasman, barchasini bilib turibman"
13 jan 2020 20:57
Yangiliklar
Mourinyu - Eriksenning jismoniy holati haqida: "Ahmoq emasman, barchasini bilib turibman"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarim himoyachi Kristian Eriksenning juda yomon jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
So'nggi paytlarda futbolchining "Inter"ga o'tishi borasidagi mish-mishlar ko'payib ketdi.
"Agarda mendan Eriksenning jismoniy holati haqida so'rasangiz, rostgo'ylik bilan gapiraman. U juda yomon holatda. Ahmoq emasman, futbolning uzoq yillik odamiman. Biroq bunday holatda futbolchi o'zining eng yuqori o'yinini ko'rsatmasligi normal holat deb bilaman", - dedi Mourinyu.
SHuningdek, murabbiy Eriksen seshanba kuni "Midlsbro"ga qarshi o'yinda qatnashishini malum qildi.
Fikrlar