Mourinyu Dayerning transferini maqulladi
14 okt 2023 15:59
Yangiliklar
Mourinyu Dayerning transferini maqulladi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Tottenxem" markaziy himoyachisi Erik Dayerni jamoasida ko'rmoqchi.
29 yoshli futbolchining Rimga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar o'tgan oy oxirida paydo bo'lgandi. Taniqli insayder Nikolo Skiraning yangilangan hisobotida malum qilinishicha, kelishuvni shaxsan Joze Mourinyu maqullagan va u "Tottenxem"dagi faoliyatidan biladigan inglizning qobiliyatlarini yuqori baholaydi. Katta ehtimol bilan yanvarda "Roma" centrbekni o'z safiga qaytarishga harakat qiladi.
Erik Dayerning "Tottenxem" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va futbolchining hozirgi narxi Transfermartk ekspertlari tomonidan 18 million evroga baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar