Mourinyu Bundesligada ish boshlashi mumkin

Alisher
23 okt 2019, 14:15
Taniqli portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettirishi mumkin.

Nemis klubi Mourinyu bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.

Mutaxassisning tayinlanishi jamoaning hozirgi bosh murabbiy Lyusen Favrning iste'foga chiqarilishidan so'ng yuz berishi mumkin.

Biroq, Favrning iste'fosi kun tartibidagi masala emas. Ammo, xabarlarga ko'ra amaldagi murabbiyning iste'fosidan so'ng rahbariyatning ilk tanlovi aynan Mourinyu bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyuning so'nggi ish joyi "Manchester Yunayted" bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild