Mourinyu: "Benzema shunchalik ko'p ishlaydiki, "Oltin to'p" – bu tabiiy natija"
18 okt 2022 18:31
Yangiliklar
Mourinyu: "Benzema shunchalik ko'p ishlaydiki, "Oltin to'p" – bu tabiiy natija"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Real" hujumchisi Karim Benzema "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgani haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi.
"Karim – fantastik yigit, ajoyib xarakterga ega, u jamoaviy o'yinchi. U o'ziga, "Oltin to'p"ga yoki boshqalardan ko'ra ko'proq gol urish istagiga qattiq bog'lanib qolmagan. U shunchaki jamoaviy o'yinchi, shunchalik ko'p ish qiladiki, "Oltin to'p" – bu tabiiy natija", – dedi Mourinyu.
Joze Mourinyu Benzema bilan "Real"dagi faoliyati davomida birga ishlagan, portugaliyalik mutaxassis 2010-2013 yillarda "qirollik klubi"ni boshqargan.
34 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Real" bilan La Liga va CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi va har ikki musobaqada ham eng yaxshi to'purarga aylandi. Futbolchi Madrid klubi tarkibida 2009 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
Fikrlar