Mourinyu: "Barselona" va "Yuventus" ECHLdan chiqib ketsa ajablanmayman"
16 apr 2019 19:14
Yangiliklar
Mourinyu: "Barselona" va "Yuventus" ECHLdan chiqib ketsa ajablanmayman"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Russia Today"ga bergan intervyusida CHempionlar ligasining chorak finalida "Barselona" va "Yuventus" yurishini to'xtatishi mumkinligini aytib o'tgan.
"Barselona" MYUga qarshi birinchi o'yinda "Old Trafford"dan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan bo'lsa, "Yuventus" Amsterdamda "Ayaks" bilan murosa ko'chasini tanlagan - 1:1.
"Barselona" va "Yuventus"da u qadar katta bo'lmagan ustunlik bor. SHu sabab agar ular CHempionlar ligasidan chiqib ketishsa ajablanmayman. "Ayaks" va "Manchester Yunayted" yarim finalga chiqish imkoniyatini saqlab qolishgan", - dedi Mourinyu.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar