Mourinodan yil iqtibosi: "Qachonki men buyruq bersamgina jamoaning o'yini o'zgaradi"
13 dek 2018 03:41
Yangiliklar
Mourinodan yil iqtibosi: "Qachonki men buyruq bersamgina jamoaning o'yini o'zgaradi"
"Bunday qiyin guruhdan chiqish vazifasi bajarilgandi. Biz guruhda ajoyib o'yin ko'rsata olmagandirmiz, biroq har bir bahsda turlicha muammolarni bartaraf eta oldik.
Agarda solishtiradigan bo'lsak, bugun raqibdan ko'ra yaxshiroq imkoniyatlarga ko'proq ega bo'ldik. Birinchi bo'limda raqibga hamma qulayliklarni yaratib berdik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'zgardi. Qachonki men buyruq bersamgina jamoaning o'yini o'zgaradi. Agarda indamasam hammasi har doimgidek. Bu o'yindan men o'zimga hech nima olmadim. O'yinning borishi menga syurpriz bo'lmadi. Afsuski yana ikki marta gol urib, mag'lub bo'ldik (kuladi).
Bugun Lingard, Reshford va Yang yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ular "Liverpul"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlaydi", - dedi Mourino.
"Manchester Yunayted" guruhda ikkinchi o'rin bilan ECHLning pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar