

"Qizil iblislar" ispaniyalik uchun 80 mln. evro to'lashga tayyor. Ma'lum bo'lishicha, "Atletiko" "Tottenxem" va "Arsenal"ning Saul borasidagi taklifini rad etgan. "Matraschilar" futbolchining badal pulini 100 mln. evroga ko'tarmoqchi.
Saul o'tgan mavsumda Primeroning 31 uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



