So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  37 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

"O'zimni APLning eng yomon murabbiyi deb o'yladim" - Joze Mourino ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"O'zimni APLning eng yomon murabbiyi deb o'yladim" - Joze Mourino ishtirokidagi matbuot anjumani

"Bornmut" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uchrashuvning birinchi bo'limida men o'zimni APLdagi eng yomon murabbiy deb hisobladim. Haqiqatdan ham, juda yomon o'yin namoyish qildik. Himoyada hujumdagi kabi juda-juda yomon harakatlar qildik. MYUning raqibga bosimini ko'rish - juda ayanchli bo'ldi.

Muxlislarning "hujum, hujum, hujum" deb baqirishlarini yoqtiraman. Biroq jamoa to'pni yo'qotgandan keyin extiyot bo'lib, himoyada ishonchli o'ynash kerak. Biroq biz barqaror bo'la olmadik.

Tanaffusda futbolchilar bilan suhbatni o'zimizning eng yaxshi davrlarimizni eslatishdan boshladim. Ikkinchi bo'limda birinchisidagi kabi yomon o'ynash mumkin emasligini aytdim. Men APLning eng omadli murabbiylaridan biri ekanligimni, shu boisdan ham jamoa 5:2 yoki 6:2 hisobida g'alaba qozona olishimizni futbolchilarga uqtirdim. Ikkinchi taymda jamoa yaxshiroq o'yin ko'rsata boshladi. Anderni maydonga tushirganimdan xursand bo'ldim. Bunday o'yinlarda Errera juda ham asqotadi. U to'p bilan tez ishlaydi va markazdagi muvozanatni ushlab turadi.

Tushuna olmayman, Yang va Reshford ajoyib vaziyatlarni ura olishmadi. Undan ham yomoni, o'yinni yomon boshladim. Vaholanki, mening yordamchilarim jamoaning mavsumdagi eng yaxshi mashg'ulotini o'tkazishganini aytishgandi.", - dedi Mourino.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика