So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  13 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  17 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  1 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

Mourino o'rniga 4 nomzod Yangiliklar

Mourino o'rniga 4 nomzod

Teglar :  Manchester Yunayted
"Manchester Yunayted" muammolar girdobida.

Garchi jamoa o'tgan mavsumda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa-da, ishlar ko'ngildagidek emas. MYU hujumkor o'ynamaydi, "avtobus", pragmatika... Bu esa muxlislarning joniga tegdi va ular Mourinoning istefosini so'rashmoqda. Balki hozir "Special One" istfeoga chiqarish qulay vaqt emasdir. Ammo Mour o'z falsafasidan chekinmaydigan insonligini hisobga olsak, "Manchester Yunayted" zerikarli o'yinini namoyish qilaveradi. SHu orqali "qizil"larning bosh murabbiyi o'zgarishi tayin.

Xo'sh, uning o'rniga kimlar jamoada ishlashi mumkin?

MAURISIO POCHETTINO

Argentinalik mutaxassis "Tottenxem"ni "odam qildi". Aynan uning sayi-harakatlari tufayli "shporlar" bir necha yillardan buyon Angliya Premer-ligasida ajoyib o'yin namoyish qilmoqda va sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda.

"Tottenxem" ushbu yozda futbolchi sotib olmagan yagona jamoa bo'ldi. Biroq jamoa hali ham o'yinlarda ustunlikka erishmoqda. APLning o'tgan ikki turi shuni ko'rsatdiki, transferlarsiz ham kuchli o'yin ko'rsatsa bo'ladi. Pochettinoning asosiy yutug'i - jamoaning o'tgan yilgi o'zagini asrab qolgani bo'ldi. "Manchester Yunayted"ga esa shunday murabbiylar kerak. Bu haqda Gari Nevill shunday degandi: "Manchester Yunayted"ni Pochettino boshqarishini istayman"

ZINEDIN ZIDAN

Zidan - jamoalarning orzusi. Franciyalik futbolchilik davrida ham buyuklikka erisha olgandi. To'g'ri, uni top-murabbiy demaydi ko'pchilik. Ammo Zidan hech kim bajara olmagan ishlarni qila oldi. Ketma-ket uch martalab ECHL sovrinini qo'lga kiritish yaqin 100 yillar ichida hech kimga nasib qilmasa kerak.

Balki Zidanning o'yin uslubi ko'pchilikka yoqmas. Ammo u natijani kafolatlaydi va o'yinida mantiq bor. Jamoa asosiy vaqtini hujumda o'tkazsa-da, himoyada anchagina metin. Har holda u avtobusni ishlatmaydi. Bu jihat esa "Manchester"ga mos keladi.

Yaqindagina Franciyaning eng ishonchli manbalaridan biri "L`Equipe" Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"da ish boshlashi mumkinligini aytgandi. Biroq Britaniya nashri buni inkor qildi va uni xabarni Turin tomonlarga jo'natib yubordi. Ko'ramiz, to'satdan "Real"dan ketgan Zidan qaerda faoliyatini davom ettirarkin...

ANTONIO KONTE

Ahmoqlik demang. Bir mavsum bo'lsa-da, "CHelsi"ning uning qo'l ostida ajoyib o'yin namoyish qilgandi. To'g'ri, keyinchalik uning ishlari o'xshamadi. Ammo Mourinoda ham shunday bo'lgandi. U ham avvaliga "CHelsi"ni chempion qildi va keyingi mavsumda jamoani "jar yoqasi"ga boshlayotganida ishidan olindi. Farqli tomoni Kontega mavsum yakuniga qadar muxlat berildi.

Konte davrida "CHelsi"da katta o'zgarishlar bo'ldi. U ham "yomon masalliq"dan "yaxshi taom" tayyorlay oldi. Debyut mavsumidayoq APL tojini kiydi. Uning ham Mourinodan kam joyi yo'q. Plyus tomoni - u hech qaerda ishlamayapti. Agarda MYU uni ishga taklif qiladigan bo'lsa, hech kimga kompensaciya to'lamaydi. Biroq Konte mankunianlikka aylanish ehtimolini yuqori baholab bo'lmaydi.

RAYAN GIGGZ

"Manchester"ning buyuk futbolchilaridan biri. U butun faoliyatini bir klub uchun bag'ishladi, haqiqiy "qizil mahluq". To'g'ri, u MYU saviyasiga to'g'ri kelmas. Ammo Rayan bir vaqtlar, oz bo'lsa-da, "Manchester Yunayted"ni boshqardi va o'zini maydonga tushirdi. Yodingizdami o'sha o'yin. Hech kim natijaga qaramadi, bu shou edi shunchaki.

SHundan keyingi mavsumda u Lui Van Galga yordam berdi va anchagina tajriba orttirdi. Van Gal ham top-murabbiylardan biri. Rayan undan ilk saboqlarini oldi va endi Uels termasini boshqarmoqda. Bu erda ham anchagina tajriba orttirsa, u o'z faoliyati davomida ko'rgan-bilganlarini "Manchester Yunayted"da qo'llab ko'rsa bo'ladi. Balki undan navbatdagi Ser Aleks chiqar...

PS: Mavsum boshlanishidan avvali bukmekerlik kontoralari APLdagi ilk istefo "Manchester Yunayted"da kuzatilishini xabar qilgandi. Agarda ishlar shunday davom etaversa, ularning taxmini o'zini oqlashi mumkin. Lekin oldinroq mankunianliklar rahbariyati Mourinoga to'liqligicha ishonishi borasida malumotlar tarqagandi.

Mourino ham jahonning eng kuchli murabbiylaridan. "Avtobus" esa uning asosiy quroli. Balki uning o'zi jamoadagi o'yin sifatini o'zgartirib, yana bir necha yil jamoada ishlar. Ammo hozircha barchasi so'roq ostida.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика