Mourinyo: "Odamlar meni yaxshi ko'rishadi deya olmayman"

Mirjalol Normatov
1 dek 2019, 11:11
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APLning 14-turi doirasida "Bornmut"ga qarshi o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, uchinchi goldan keyin to'rtinchisini ham urishimiz mumkin edi. Biroq gol o'tkazib yuborganimizdan keyin o'yin umuman boshqacha tarzda ketdi.

O'tgan qiyin bahslardan keyin yigitlarda charchoq borligi sezilayotgandi. Biroq bu APL. Bu yerda kurash so'nggi daqiqalargacha bo'ladi.

O'tgan uchrashuvlar kabi bahsning katta qismida nazoratni qo'lga olishni uddaladik. Odamni to'lqinlantiradigan vaziyatlar ko'p bo'ldi. Biroq biz 4 kun ichida 7 gol urdik va muxlislar bundan xursand bo'lishdi.
Odamlar meni yaxshi ko'rishadi deya olmayman. Ammo muxlislar meni bu yerda professional sifatida qabul qilishgani xursand qilmoqda", - dedi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC