Mourino - "Lester" xo'jayinining o'limi haqida: "Bir kun kelib barchamiz o'lamiz, ammo u..."
29 okt 2018 21:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/460407_original.jpg)
![](/upload/storage/460407_220.jpg)
Mourino - "Lester" xo'jayinining o'limi haqida: "Bir kun kelib barchamiz o'lamiz, ammo u..."
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino "Lester" xo'jayini Vijay SHrivaddanaprabxaning fojeaviy o'limi haqida gapirdi.
"Bu dunyoda hech kim boqiy emas. Barchamiz o'lamiz. Ammo u buyuk bo'lib vafot etdi.
SHokka tushdim? Nimalar deyapsiz! Bu holatni shokka tushish deb bo'lmaydi. Bundan-da yomon holatda edim. Buni tushuntirib berish juda ham qiyin. U barcha ham uddalay olmaydigan ishlarni qildi. "Lester" uchun jonini berishga ham tayyor edi va shunday bo'ldi ham. U "Lester" bilan yashadi va klub uchun vafot etdi.
U o'lmagan, barchaning qalbida barhayot bo'lib qoladi. Bunday insonlarni yoddan chiqarish mumkin emas", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar