Mourino Keynning jarohati haqida gapirdi
29 jan 2021 09:23
Yangiliklar


Mourino Keynning jarohati haqida gapirdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino jarohatlangan Garri Keyn haqida gapirdi.
"Birinchi vaziyatda Tiago qo'pol harakat qildi. Ikkinchisida aniq ko'rmadim. Ammo uning har ikki to'pig'ida ham jarohat bor. Ikkinchi jarohat birinchisidan ham yomonroq bo'ldi. U bir necha haftani o'tkazib yuboradi, aniq ayta olmayman.
Futbolda o'rnini bosib bo'lmaydigan futbolchilar bor. Bunday holatlarda xech narsa qila olmaysan. Ammo ishonamanki, biz kurashda davom etishimiz lozim", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar