So’nggi yangiliklar

04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  23 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  4 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  6 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Mourino - hozirgi "Manchester Yunayted", De Xea, himoyachilar tandemi va boshqa muammolar haqida Yangiliklar

Mourino - hozirgi "Manchester Yunayted", De Xea, himoyachilar tandemi va boshqa muammolar haqida

Joze Mourino ikki oydan buyon "Sky Sports" eksperti sifatida ishlamoqda.

Mavsum boshidan buyon u hech kimni tanqid qilmadi, o'yinlarni taxlil qildi. Ammo yakshanba kuni sobiq jamoalari "Manchester Yunayted" va "CHelsi"ning mag'lubiyatidan keyin o'zining fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'tgan mavsumda biz juda yomon o'yin ko'rsatgandik. Ammo ushbu mavsumda katta transferlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, o'yinning yaxshilanganini ko'rmayapman. To'g'ri, yangi futbolchilar o'zida yaxshi taassurot qoldirmoqda, biroq "Yunayted" jamoaviy ravishda menga umuman yoqmayapti. Jamoaning natijalari meni ajablantirayotganicha yo'q, lekin o'yin davomida Olening ijobiy hislatlarini ko'rmayapman.

"Manchester Siti" hamda "Liverpul" MYUdan anchagina o'tib ketishdi. Farqni qanday qilib qisqartirish mumkin? Men bu savolga javob beradigan inson emasman. Men o'tgan ikki mavsumda jamoaning oldinga qarab yurayotganini ko'rgandim. Biroq uchinchi mavsum o'xshamadi va meni istefoga chiqarishdi. Ha, bu adolatli qaror edi. CHunki natijalarga men javob berardim.

Odamlar MYUning ushbu holatidan meni xursand deb o'ylashayotgan bo'lishi mumkin. Ammo men bu klubdagi insonlarni yaxshi ko'raman, muxlislarni esa qattiq hurmat qilaman. Hozirgi holat men uchun ham qayg'uli.

Qachonki jamoa juda zerikarli o'ynasa, yani, biz jamoaning o'yinini zerikarli deb baholasak ham natijalarga erishishi ham mumkin. Biroq hozir jamoadan hech nimani tortib olomayman ham. Jamoani kuchli to'rtlik ham emas, kuchli oltilikka kirishi ham qiyin. Bu mavsumdagi jamoa oldingisidan ham kuchsiz".

"Yunayted" rahbariyati darvozabon David De Xeani ushlab qolish uchun katta maosh taklif qildi. Yangi kelishuvga ko'ra, ispaniyalik kiperning maoshi haftasiga 290 ming funtni tashkil qiladi. Huddi shuncha maoshni Pol Pogba ham oladi.

"Agarda "Yunayted" bunchalik ko'p maosh to'lamaganida ham u jamoada qolardi. Uch yil oldin uni dunyoning barcha vaxshiy klublari kuzatib borayotgandi. Endi esa u uchun ularning eshigi yopiq.

"Real"ning eshigi yopiq - Kurtua bor. "Barselona"da fantastik ter SHtegen bor. PSJ esa Navas bilan shartnoma imzoladi. 34 yosh bo'lsa-da, darvozabonlik uchun qari emas.

MYU Davidni yo'qotish bosimida qolgandi deb hisoblamayman. De Xea o'zi uchun ideal shartnomani talab qildi va bunga ega bo'ldi".

Mourino, shuningdek, himoyachi Maguayrni ham maqtagandi. (Portugaliyalik mutaxassis ham o'z vaqtida u bilan birga ishlashni istagandi. Biroq bu amalga oshmagandi).

"Lindelef-Tuanzebe yoki Lindelef-Jons yoki Lindelef-Maguayr - bularning barchasi har hil narsa. Birinchi navbatda, Maguayrning jismoniy holatini hisobga oling. Lindelof jarima maydonchasi ichida bosh bilan unchalik yaxshi o'ynay olmaydi. Maguayrda esa himoyani kuchaytiradigan barcha hislatlar etarlicha. U tezkor emas, asosiysi juda aqlli.

Mavsum oldidan himoyachi olib bering deb janjal qilganimda meni ahmoqqa chiqarishgandi. Ammo men haq edim.

Matbuot anjumanida esa Mourinoning gaplari bo'yicha tushgan savolga Ole-Gunnar Sulsher shunday javob berdi: "Barchaning o'z fikri bor".

"CHelsi": Muxlislar xavotirda emas, ammo bu biroz qo'rqinchli

Londonliklarning muammosi MYUnikidan kamroq ko'rinadi. Ammo ular ham dastlabki 6 o'yinda 8 ochko olishdi. "Liverpul"ga qarshi o'yindan keyin "Stemford" turib, Lempardni olqishladi. Bu esa Jozega yoqdi:

"Umid qilamanki, ular bunga o'rganib qolishmaydi, bu juda muhim. Yangi ishingni mag'lubiyat bilan boshlasang-u, jamoa yaxshi o'yin ko'rsatsa, futbolchilar ham olqishga sazovor bo'lsa, bu odamlarga yoqadi. Ammo natijalar top-klubni o'rtacha saviyadagi klubga aylantiradi.

Odamlar mag'lubiyat uchun olqishlashi kerak emas. O'sha paytda ijobiy hissiyotlar odamlar oldinda qanday mavsum kutayotganligini yashiradi. Ammo ular har doim professionallarni professionallarga hos qo'llab quvvatlaydi. Bir vaqtlar menda ham shunday bo'lgan".

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика