Mourino: "CHelsi"ning tarkibi ajoyib"
27 noy 2020 23:11
Yangiliklar
Mourino: "CHelsi"ning tarkibi ajoyib"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino APL doirasida "CHelsi"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.
"Stemford"da o'ynayotganimiz yoki "Liverpul"ning bizning ortimizda ekanligi hech nimani o'zgartirmaydi. Mavsum boshidan aytganimdek, biz har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qilamiz. Bundan ortig'i bo'lmaydi.
"CHelsi" bilan o'yinda 3 xil natijani kutyapman. Kutganingizdek, g'alaba, durang yoki mag'lubiyat. Biroq maqsadimiz - g'alabaga erishish.
"CHelsi"ning tarkibi ajoyib. Jeyms yoki Aspilikueta, Alonso yoki Emerson o'ynashi mumkin. Balki Mendi APLning eng yaxshi darvozabonidir. Ajoyib tarkib.
Bu haqida ko'p o'ylamayapman. CHunki raqiblarning tarkibi yaxshi futbolchilardan iborat", - dedi Mourinyu.
"CHelsi"ning "Tottenxem"ga qarshi o'yini 29 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
22:00
Qutqaruvchi ko'chish: Pulishich qanday qilib faoliyatini "Milan"da "jonlantirmoqda" (mutolaa uchun) 1
Fikrlar