Mourino: "CHelsi" va MYU Messi bilan CHempionlar ligasida g'alaba qozongan bo'lar edi"
09 may 2015 14:00
Yangiliklar
Mourino: "CHelsi" va MYU Messi bilan CHempionlar ligasida g'alaba qozongan bo'lar edi"
"Manchester Siti" yoki "Arsenal", "Manchester Yunayted", "CHelsi" Messi bilan CHempionlar ligasida g'alaba qozonishiga shubhangiz bormi? Menda esa yo'q.
Messi Gvardiola bilan CHempionlar ligasi finalida o'ynagan, bu safar esa Luis Enrike bilan bo'ladi. Agar Messi bir kun kelib Entoni jamoasiga o'tsa, Entoni u bilan CHempionlar ligasi finaliga yo'l oladi. O'yinni tahlil qilayotganingda doimo bu yigit hammasini o'zgartirib yuborishini yodda tutish kerak.
Har safar Messiga qarshi o'yindan oldin, uni o'rganish va to'xtatib qolish uchun bir necha soat sarflar edim. Bazida bunga muvaffaq bo'lardik, bazida yo'q. "Inter"daligimda uni ikki uchrashuvda ham to'xtatib qolganmiz.
Eng yaxshi usul - shaxsiy qo'riqchi. Ammo uni qo'riqlashning iloji yo'q. Har safar unga muammo tug'dirishga harakat qilardik.
Mening fikrimcha, u "Barselona"ni tark etmaydi. Bu yirik va kuchli klub. Ular Kataloniya millatiga va jamoasiga tegishli futbolchini qo'yib yubormaydi" - deydi murabbiy.
Fikrlar