Joze Mourino: "Inter" bilan trebl qayd etganimni "Yuventus" ishqibozlari ko'tara olmagan"
25 okt 2018 01:01
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/458856_original.jpg)
![](/upload/storage/458856_220.jpg)
Joze Mourino: "Inter" bilan trebl qayd etganimni "Yuventus" ishqibozlari ko'tara olmagan"
"Manchester Yunayted" ustozi Joze Mourino o'zining uchta barmog'ini ko'rsatgan holda, "Yuventus" muhlislariga javob qaytargandi.
ECHL guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Yuventus" bellashuvida turin klubi ishqibozlari Joze Mourinyuni bemani so'zlar bilan haqorat qilishdi. Bunga javoban, portugaliyalik murabbiy muhlislarga barmog'i bilan uch raqamini ko'rsatdi.
Uchrashuvdan keyin matbuot anjumanida Joze o'ziniing bu reakciyasiga quyidagicha izoh berdi.
"Muxlislarning holatini tushunish kerak. Tabiiyki, ular meni yoqtirishmaydi. "Inter"da bir mavsumda uchta sovrin yutib trebl qayd etganim - ular uchun og'ir daqiqalar edi. Ular buni ko'tara olishmagandi.
"Yuventus" futbolchilari, murabbiylari va klub rahbariyati bilan munosabatim iliq va ularni hurmat qilaman", - dedi Mourino.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar