Mourino - Beyl haqida: "O'yinga tushish uchun shunga loyiq bo'lish kerak"
25 jan 2021 23:35
Yangiliklar
Mourino - Beyl haqida: "O'yinga tushish uchun shunga loyiq bo'lish kerak"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino vinger Garet Beylga o'yin amaliyoti taqdim qilmayotgani haqida gapirdi.
Qayd etish kerak, futbolchi Kubok doirasida "Marin"ga qarshi o'yinda atigi 27 daqiqa harakat qildi.
"Loyiq bo'lmaganlarga o'yin amaliyoti berilmaydi. Bu mening uslubim. So'nggi yillarda Garetda qanday muammolar bo'lganini barcha biladi. Ushbu mavsumda ham unda o'sish va pasayish kuzatilmoqda. Beyl uchun asosiysi - barqaror bo'lish va mashg'ulotlarda intensivlikni oshirish. Qachon u bunga tayyor bo'lsa, o'shanda sizlarga aytaman", - dedi Mourino.
Fikrlar