Mourino: “Berlin devori”ni “buzish”ga to'g'ri keldi”
03 fev 2018 22:55
Yangiliklar
Mourino: “Berlin devori”ni “buzish”ga to'g'ri keldi”
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourino APL 26-turida “Xaddersfild” (2:0) ustidan qozonilgan g'alabaga to'xtaldi.
“Biz butun o'yin davomida to'pni o'z nazoratimizda saqlab turdik, ammo tanaffusga qadar tabloda 0:0 hisobi yonib turardi. O'ylashimcha, birinchi bo'limda 85% to'p bilan muomala qildik, ammo bu gol urish uchun etarli bo'lmadi. Ikkinchi bo'limni ham shu ruhda davom ettirdik. Hisobni ochganimizdan so'ng ham o'yin tizginini saqlab turdik. Himoya chizig'imiz unchalik xavfni his qilgani yo'q.
Biz David Vagner (“Xaddersfild” bosh murabbiyi) tomonidan tuzilgan “Berlin devori”ni “buzish”imizga to'g'ri keldi. Quvonarli tomoni, Aleksis uun o'z maydonimizda o'tgan ilk o'yinida g'alabaga erishdik. Muhimi, u yaxshi o'ynadi va barcha kutgan o'yinni namoyish eta oldi”, deya portugaliyalik murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
O’xshash yangiliklar
01:15
Liam Rosenor: "Odamlar mening "Manchester Yunayted" muxlisi bo'lganimni tanqid qilishlari mumkin" 0
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar