Mourino: "Azar oyog'ining orqa qismiga ham himoya vositasini tayyorlab berishni so'radi"
21 fev 2015 17:17
Yangiliklar


Mourino: "Azar oyog'ining orqa qismiga ham himoya vositasini tayyorlab berishni so'radi"
"CHelsi" bosh murabbiy Joze Mourino Eden Azarga qarshi qo'pol harakat qiladigan futbolchilardan norozi ekanligini bildirdi.
"Azarga qarshi ko'p qo'pollik ishlatishadi, ammo bu ularning hammasi kartochka bilan jazolanadi degani emas. U atayin shunday o'ynamaydi. Eden futbol o'ynashni xohlaydi, raqib kartochka olishini emas. U maydonda halol o'yin ko'rsatishi bilan g'ururlanaman.
Eden mendan karbonli himoya vositasi tayyorlab berishni so'radi. Hazillashganim yo'q. U oyoqning orqa qismida ham shit bo'lishini istayapti. CHunki uni oyoqlariga orqadan ham zarba berishyapti" - deydi Mourino.

Fikrlar