Mourino: "Angliyada muammo bo'lmasligi kerak"
05 iyu 2021 00:20
Yangiliklar
Mourino: "Angliyada muammo bo'lmasligi kerak"
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Evro chorak finalida Angliyaning Ukrainani 4:0 hisobida mag'lub etgani haqida gapirdi.
"Ukrainaga qarshi o'yin Angliya uchun juda oson o'tdi. Juda oson. Albatta, jamoa yaxshi o'ynadi va o'z maqsadi sari yana bir qadam tashladi. O'ylashimcha, ularda muammolar bo'lmasligi kerak.
Angliya 5:0 hisobida g'alaba qozonishi mumkin edi. Jamoada hech qanday muammo yo'q. Jarohatlar hamda diskvalifikaciyalar yo'q. Hozir ular yarim finalda. Ushbu bosqich qiyinroq bo'ladi, chunki Daniya Ukrainaga qaraganda xavfliroq. Biroq Angliya baribir kuchli jamoa, ular ishonchli o'yin namoyish eta oladi", — deydi Joze.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 yarim finali doirasida Angliya — Daniya o'yini Londonda bo'lib o'tadi. Uchrashuv 8 iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 0:00 da boshlanadi.
Fikrlar