Moura: "Mourino Keynni "Tottenxem"da olib qolishiga ishonaman"
14 okt 2020 16:42
Yangiliklar


Moura: "Mourino Keynni "Tottenxem"da olib qolishiga ishonaman"
"Tottenxem" vingeri Lukas Moura hujumchi Xarri Keynning jamoadan ketishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar borasida gapirdi.
"Futbolchining kelajagi borasida, muzokaralar haqida gapirish juda qiyin. Bu narsa doimo individual tarzda hal qilinishi kerak. "Tottenxem" har mavsum boshida Xarri Keyn borasida takliflar olishiga ishonaman.
Agarda qaror qabul qilish faqatgina menga bog'liq bo'lsa, albatta, jamoada qolib, Keyn bilan birga o'ynashni davom ettirardim. Uning qolishini istayman, chunki u bizga juda kerak. Keyn kabi jangchilarni topish juda qiyin.
Keynning ajoyib ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Uning "Tottenxem"dagi o'rni salmoqli. SHu sababdan Mourino uni tarkibda olib qolishiga ishonaman", - dedi Moura.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar