Moskva mehmonxonalariga JCH-2018gacha maxsus kiyim ishlab chiqish taklif qilindi
09 jan 2017 14:47
Yangiliklar
Moskva mehmonxonalariga JCH-2018gacha maxsus kiyim ishlab chiqish taklif qilindi
Moskva shahrining sport va turizm departament xodimlarning tashqi ko'rinishi bo'yicha metodik maslahatlar tayyorladi. Ularni klassifikaciyadan o'tgan 870 ta mehmonxonalarga yuborishadi.
"Mehmonxona xodimlarining kiyimi Konfederaciyalar Kubogi va jahon chempionatidek bayramlar olib keladigan ruhga mos bo'lishi kerak. Mamur, menejer, oqsoch va farroshlarning kiyimi to'p va sport atributlari ko'rinishidagi surat va yopishtirgichlar bilan rangbaranglashtirish taklif qilinadi. Maxsus kiyimlarni milliy jamoalar uslubida ham yaratish mumkin.
Mehmonxona xodimlari bir jamoadek bo'lishi lozim. Biz mehmonxonalarda bayram ruhini yaratmoqchimiz. Moskva mehmonlari, shu bilan birga turistlar buni his qilib, Moskvadan iliq tassurot olishlari kerak" - deyiladi Moskva meri bayonotida.
Fikrlar