Moratti: "Mourino "Real"ga ketganidan afsuslangan"
09 dek 2017 18:45
Yangiliklar
Moratti: "Mourino "Real"ga ketganidan afsuslangan"
"Inter" sobiq prezidenti Massimo Moratti 2010 yilda milanliklar sobiq ustozi Joze Mourino "Real"ga o'tgani haqida gapirib berdi.
"2010 yil CHempionlar ligasi finalida g'alaba bizning sayoxatimiz yakuni bo'ldi. Biz xatto o'sha g'alabani nishonlay olmadik, chunki Mourino tezda klubni tark etdi. Bir yil oldin u "Real"dan qiziqish borligini aytgan edi, 2010 yilda esa bu takrorlandi. Odamlarni asir sifatida olib o'tirish noto'g'ri, ammo o'sha finaldan so'ng "Real" prezidenti Florentino Peres "Santyago Bernabeu" stadioni oldida o'z mashinasida Mourinoni kutib o'tirishini menga yoqmadi.
Mourinoning o'zi "Real"da ishlashni boshlashidan oldin qaroridan afsuslandi. O'shanda Joze menga Madridda uni oilasi emas, biznes kutayotganini aytgan. Mourino imkoniyat bo'lganida "Inter"da qolardi. Uning ketishidagi ko'z yoshlari haqiqiy edi" - deydi Moratti.
Fikrlar