Morata: "Yutish uchun bizda ko'p vaziyatlar bo'lgandi"

Mirjalol Normatov
20 iyun 2021, 11:53
Ispaniya termasi forvardi Alvaro Morata Evro-2020 doirasida Polshaga qarshi o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Navbatdagi g'alaba yaqin turgandi. Pley-offga yo'llanma olishimizga bir bahya qolgandi. Nima deyishni bilmayman. Bizda yutish uchun imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Kuch va o'yin borasida raqibdan ustunligimizni bilardik.

Gol urganim qiziq emas, yutishni istayman. O'z navbatida Luis Enrikega ishonchi uchun rahmat aytaman. Hayot shunday. Qiyin vaziyatlar ko'p bo'ladi. Shunda sen o'zingda kuch topib, undan chiqib ketishing kerak.

Guruhdan chiqish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz. Bunga kuchimiz etadi", - dedi Morata.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal