Morata: "Menga juda og'ir bo'ldi"
04 avg 2018 23:13
Yangiliklar
Morata: "Menga juda og'ir bo'ldi"
"CHelsi" hujumchisi Alvaro Morata London superklubida ulkan bosim his qilayotganini aytib o'tdi.
"O'tgan mavsum davom etayotganida miyam qulflanib qolgandek edi. Hech kim bilan gaplashishni, hech kimni eshitishni istamasdim. SHunchaki uyda o'tirishni xohlardim. Bu balki depressiya yoki shunga o'xshash nimadir edi.
Futbolda ko'p narsa miyaning hususiyatlariga bog'liq. O'tgan mavsumda "CHelsi"ning yangi futbolchisi bo'lganim uchun, menga juda og'ir bo'ldi. Barcha mendan ko'prog'ini kutgandi.
Bu mavsumda "CHelsi"dan ketish oson bo'lardi. Italiyaga qaytishim ham mumkin edi. Ispaniya jamoalaridan ham yuqori maoshli takliflar kelib tushdi. Ammo shu erda qolib, qattiqroq kurashishni istadim", - dedi Morata.
Fikrlar