Morata jarohati sabab "Portu"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
31 okt 2022 01:20
Yangiliklar
Morata jarohati sabab "Portu"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Alvaro Morata jarohat oldi va CHempionlar ligasi doirasidagi “Portu”ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.
Hujumchi Ispaniya chempionati doirasida “Kadis”ga (2:3) qarshi o'yinning 10-daqiqasida almashtirildi.
Manbaning xabariga ko'ra, shikastlanish unchalik jiddiy bo'lmagan. Futbolchining tiklanish jarayoni 20 noyabr kuni Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 boshlanishidan oldin amalga oshadi.
Fikrlar