Morata: “Ferencvarosh”ga qarshi bahs xuddi 20 yil oldingi o'yinga o'xshadi
25 noy 2020 08:20
Yangiliklar


Morata: “Ferencvarosh”ga qarshi bahs xuddi 20 yil oldingi o'yinga o'xshadi
“Yuventus”ga ECHL 4-turida “Ferencvarosh” ustidan g'alaba keltirgan golga mualliflik qilgan Alvaro Morata bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'yin qiyin kechdi, ammo ECHLdagi har bir o'yin shunday bo'lishi mumkin. Biroz omadimiz keldi, boisi yakunda g'alabani ilib keta oldik. Bu xuddi 20 yil oldingi o'yinga o'xshadi. Raqib haddan ortiq himoyaviy o'yin namoyish etdi. ECHLda har bir o'yin hal qiluvchi rolga ega. Bu erdagi har bir jamoa hujum ham qila oladi, himoyalana ham oladi. Har bir jamoa xavf tug'dirishi mumkin, shunday ekan g'alaba qozona olganimizdan xursandmiz. Endi esa “Barselona”dan peshqadamlikni tortib olishga harakat qilamiz”, — deydi Morata.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar