Monk: "Qo'ldan chiqarilgan g'alabadan afsusdaman"
29 okt 2014 10:25
Yangiliklar
Monk: "Qo'ldan chiqarilgan g'alabadan afsusdaman"
"Suonsi" bosh murabbiyi Garri Monk Angliya Liga Kubogi nimchorak final doirasida "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyat haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda "Liverpul" bizdan yaxshiroq harakat qildi - biz raqibga juda ko'p imkoniyat berib yubordik. Tanaffusda o'zgarish qila oldik va yangi kayfiyatda maydonga chiqdik. Yaxshi o'ynadik, gol ham urdik va g'alabani ushlab qolmoqchi edik, ammo Balotellining beso'naqay goli va ikkinchi qo'yib yuborilgan gol bizni g'alabadan ayirdi. Biz juda osonlik bilan mag'lubiyatni tan oldik va natijadan xafaman.
Umuman olganda qizil kartochka bo'lmagandi. Fernandesning kartochkasini bekor qilishadi degan umiddaman. Koutino bizning futbolchidan ko'ra oyog'ini balandroq ko'tardi. Hakam bu vaziyatni qaysi ko'zi bilan ko'rganini tushunmadim, ammo futbolchimizning kartochkasini yo'qqa chiqarishadi deb o'ylayman" - deydi murabbiy.
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar