“Monako” ustozi: “Agar u jarohatlardan o'zini asrasa, ko'plab “Oltin to'p”larni qo'lga kiritadi”
13 dek 2021 10:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/673101_original.jpg)
![](/upload/storage/673101_220.jpg)
“Monako” ustozi: “Agar u jarohatlardan o'zini asrasa, ko'plab “Oltin to'p”larni qo'lga kiritadi”
Liga 1 doirasida PSJga uchralgan mag'lubiyatdan keyin “Monako” ustozi Niko Kovach uchrashuvda dublga erishgan Kilian Mbappe haqida iliq fikrlar bildirdi.
“O'yinni juda yaxshi boshladik. Birinchi bo'lim biz uchun yaxshi o'tdi. Zo'r bo'lishi uchun esa imkoniyatlardan foydalanish kerak edi. PSJga juda yuqori bosim o'tkazmoqchi edik va ilk taymda buni uddaladik. Biroq, PSJga qarshi o'ynaganda, vaziyatlardan foydalana olmasang, bu qiyin kechadi. Bundan tashqari, ikkita qo'pol xatoga yo'q qo'ydik. 2-bo'limda esa barchasi murakkabroq kechdi. PSJ hammasini nazorat qildi.
Mbappe esa men uchun dunyoning eng yaxshi uch futbolchisidan biri hisoblanadi. Agar u jarohatlardan o'zini asrasa, ko'plab “Oltin to'p”larni qo'lga kiritadi”, deydi Kovach.
O’xshash yangiliklar
10:51
Karlo Anchelotti Realda Kilian Mbappedan qaysi chiziqda o'ynashi haqidagi savolga javob berdi 2
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 0
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar