"Monako" Batshuayini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2018, 18:10
Transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli bo'lgan "Valensiya" hujumchisi Mishi Batshuayi faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, belgiyalik futbolchi xizmatlariga "Monako" qiziqish bildirmoqda. Monegasklar qishki transfer oynasida jamoani sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Klub xarid qilish sharti bilan Batshuayini ijara olmoqchi.

Oldinroq, "Valensiya" Batshuayining o'yinidan norozi ekanligi va uni yanvardayoq London klubiga qaytarmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Nicematin.com