“Monako” 45 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etmoqda
16 sen 2019 08:15
Yangiliklar


“Monako” 45 yil ichidagi eng yomon natijasini qayd etmoqda
Monegasklar kecha Liga 1 doirasida “Marsel”ga 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Jardim shogirdlari Liga 1 ning 5 ta turidan 3 tasida mag'lubiyatga uchradi. 2 ta o'yinda esa durang qayd etdi. Bundan tashqari klub 5 tur ichida 14 ta gol o'tkazdi. Bu esa klubning so'nggi 45 yil ichidagi mavsum startidagi eng yomon ko'rsatkichidir. Bunday holat so'nggi bor 1974/75 yilgi mavsum avvalida yuz bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar