So’nggi yangiliklar

23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  4 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  1 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  7 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  6 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  3 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13

Mo'ydin Mamazulumov: “Rahbariyat, murabbiylar va futbolchilar oldida hijolat chekib yuribman” Yangiliklar

Mo'ydin Mamazulumov: “Rahbariyat, murabbiylar va futbolchilar oldida hijolat chekib yuribman”

“Mashal” jamoasi oltinchi turda Farg'onada “Neftchi” bilan kuch sinashib 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Mazkur natida mezbonlar uchun qoniqarsiz, mehmonlar uchun esa qoniqarli bo'ldi. Lekin muborakliklar mavsum boshidan beri raqiblar darvozasiga faqat ikkita to'p kiritishdi xolos. Garchi ularning safida Mo'ydin Mamazulumov kabi golga chanqoq hujumchi bo'lsada, hozircha hammasi rejadagidek emas. Ushbu futbolchi “Neftchi” bilan uchrashuvda asosiy tarkibdan joy oldi. Qizig'i shundaki, Mo'ydin “Mashal” safida hali gol ura olgani yo'q.

- “Neftchi” maydonidagi durang natija bilan sizni tabriklasam bo'ladimi?
- Farg'onaga g'alabani ko'zlab kelgandik. Maqsadimizga erishish uchun harakat qilgan bo'lsakda, bunga erisha olganimiz yo'q. Ammo safarda bir ochko ham yomon natija emas. SHuning uchun qoniqdik desam ham bo'ladi.

- Mezbonlarning g'alaba qozona olmayotgani o'yindan avval “Mashal”ga ortiqcha bosim o'tkazmadimi?
- “Neftchi”ning o'z uyida qanday o'yin ko'rsatishini bilardik. SHu bois biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Qolaversa, hamisha farg'onalik muxlislar qarshisida to'p surish har bir jamoaga qo'shimcha bosim yuklaydi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda qarshi hujumda o'ynashga harakat qildik. O'yin davomida ikki-uchta imkoniyatlarga ega bo'ldik. Xatto yakkama-yakka holatda ham gol ura olmadik. Ammo uchrashuvdan so'ng qayd etilgan durang natija uchun murabbiylar bizga minnatdorlik bildirishdi. Axir mehmondagi har bir ochko o'ziga yarasha qimmatli bo'ladi. 

- Umuman olganda, durang o'yinga mos keldimi?
- Birinchi bo'limda ko'proq qarshi hujumlarda “Neftchi”ni jazolashga harakat qildik. Biroq maydon egalaridan kutgan o'yinimizni ko'rdik. Biz har bir jamoaga qarshi alohida tayyorgarlik ko'ramiz. SHuni hisobga olganda, “Neftchi”ga qarshi ham puxta hozirlik ko'rgandik. Bir so'z bilan aytganda, natija o'yinga mos tushdi. Bosh murabbiyimiz o'yindan oldin himoyaga “yotib” olmaslikni, markazda kuchimizni ko'rsatib iloji boricha qarshi hujumlardan foydalanish kerakligini tushuntirdi. Darvozabon va himoyachilar o'z vazifasini yaxshi bajardilar. Lekin biz hujumchilar nimagadir oqsab qolyapmiz. Qanot yarim himoyachilarimiz o'z vaqtida bizni to'p bilan taminlab turishsa gollar uramiz deb umid qilaman.

- “Neftchi” jamoasining o'yini sizda qanday taassurot qoldirdi?
- “Neftchi”ning mana shunday o'yin ko'rsatishini bilardik. Ularning hujumlari xavfli. SHunga yarasha imkoni boricha pas o'ynab qiyin vaziyatlardan chiqib ketishga harakat qildik. Mezbonlarning ikkinchi bo'limdagi o'yini yanada xavfli chiqdi. Bu yilgi tarkibi yangilanib ketgani uchun aksariyat o'yinchilarni yaxshi bilmayman. Lekin vaqti kelib bosh murabbiy hammasini joy-joyiga qo'yadi deb o'ylayman. Baribir ko'proq mahalliy yigitlardan foydalanish kerak deb hisoblayman.

- Oltita o'yinda ikkita gol chindan ham kam. Hujumchi sifatida bu hol sizni tashvishlantiryaptimi?
- Rahbariyat, murabbiylar va futbolchilar oldida hijolat chekib yuribman. CHunki haligacha gol ura olganim yo'q, jamoamga foyda keltira olmayapman. To'g'risi, bundan uyalib ham ketyapman. Lekin har doim gol urishga harakat qilyapman. Nima sababdan bunday bo'layotganiga hayron qolyapman. Baribir hammasi iziga tushib ketishiga ishonaman.

- Aslida nima etishmayapti sizga? Yoki “Mashal”ga moslashib ketishingiz qiyin kechyaptimi?
- “Mashal”ga barvaqt qo'shilganim uchun barcha o'yinchilar bilan iliq munosabatdaman. Qishki yig'in paytida o'tkazgan o'yinlarimizda gollar urayotgandim. Baribir chempionat o'yinlari boshqacha bo'ladi. Buning o'ziga yarasha futbolchi uchun bosimi bor. Keyingi o'yinda gollarim hisobini albatta ochaman.

- “Mashal” olti o'yindan keyin olti ochko jamg'ardi. Bu ko'rsatkich jamoa uchun o'rtachami?
- “Mashal” o'zi uchun yarashmagan o'rinda deb o'ylayman. Biz uchun taqvim noqulay ko'rinishda bo'ldi. Negaki, o'z maydonimizda birin-ketin “Paxtakor” bilan “Bunyodkor”ni qabul qildik. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida o'yinimiz yaxshi edi. Lekin stadionimizdagi maydonning ahvoli yomon bo'lganligi sababli o'z o'yinimizni ko'rsata olmayapmiz. Mehmonda har xolda biznikidan nisbatan yaxshiroq maydonlarda o'ynab ochkolarni qo'lga kirityapmiz. Ammo olti o'yinda olti ochko “Mashal” uchun xos emas.

- Hozichra yagona bo'lib turgan g'alabani “Andijon” maydonida qo'lga kiritdinglar. Ammo Muborakda nimagadir muvaffaqiyat qozona olmayapsizlar...
- Hozir aytganimdek, “Paxtakor” bilan “Bunyodkor”ga qarshi o'yinlarda qarshi hujumlarda o'ynab vaziyatdan chiqib ketishga harakat qildik. Biroq mayda xatolarimiz evaziga darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. 3 may kuni “Olmaliq”ni qabul qilamiz. Ushbu uchrashuvgacha maydonimizning sifati ham ancha yaxshilanib qoladi. Muxlislarimizga albatta g'alabani taqdim etishimiz kerak. Men bosh murabbiyimizga qoyil qoldim. U o'z ishining ustasi. 

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика