Mojarolar paytida "Napoli" Ikardiga shartnoma taklif qildi
13 mar 2019 12:48
Yangiliklar


Mojarolar paytida "Napoli" Ikardiga shartnoma taklif qildi
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi yozgi transfer oynasida "Napoli"ga o'tishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, argentinalikni qo'lga kiritishni istagan Neapol klubi futbolchi vakillari bilan muzokara o'tkazdi va mavsumiy maoshi 9 mln. evro bo'lgan shartnoma taklif qildi. Bitimda 2 mln. evrolik bonus bandi mavjud.
Ikardi uchun kurashda "Yuventus" ham ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ikardi 13 fevraldan beri "Inter" safida maydonga tushmayapti. Aynan o'sha kuni futbolchidan sardorlik bog'ichi olib qo'yilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar