Modji: "Yuventus" va "Roma" chempionatda osonlik bilan g'alaba qozonishmoqda"
12 noy 2014 00:30
Yangiliklar


Modji: "Yuventus" va "Roma" chempionatda osonlik bilan g'alaba qozonishmoqda"
"Yuventus" klubining sobiq bosh menejeri Luchano Modji Italiya klublarining xalqaro maydondagi natijalari borasida fikr yuritdi.
"Yuventus" va "Roma" Italiya chempionatida katta ustunlik peshqadamlik qilishmoqda. SHu bois ular evrokuboklarda ham oson g'alabaga erishamiz deb o'ylashmoqda. Lekin bu noto'g'ri. Hozirda Italiya futboli boshqa davlatlarinikidan orqada bormoqda. Italiya A seriyasida g'alaba qozonish oson. Ammo boshqa chempionatlarda g'alabalar shunchaki kelmaydi. "Roma"ning "Bavariya"dan qabul qilib olgan to'qqizta goli va "Yuventus"ni Afinadagi muvaffaqiyatsizligi bu kutilmagan holat emas.

Fikrlar