Modrich Xorvatiya terma jamoasi sardorligidan mahrum etilishi mumkin
17 iyu 2017 23:47
Yangiliklar
Modrich Xorvatiya terma jamoasi sardorligidan mahrum etilishi mumkin
Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich o'z Vatanida yoqimsiz hodisalar markaziga tushib qoldi.
Xabarlarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi ko'plab muxlislarning ishonchidan chiqqan. Sababi futbolchi futbol klubidagi faoliyati vaqtida moliyaviy firibgarlikda ayblanayotgan Zagrebning “Dinamo” klubi sobiq prezidenti Zdravko Mamichni yoqlab chiqqan.
Mish-mishlarga ko'ra, Modrichning “Tottenxem”ga transferi natijasida futbolchining o'zi ham transfer summasining malum miqdoriga ega chiqqan va bu mablag' hech bir joyda deklaraciya qilinmagan. Muxlislarga Modrichning bu taxlit munosabatda bo'lishi yarim himoyachini terma jamoada sardorlik bog'ichidan mahrum qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Luka yaqinda qatorasiga beshinchi marta Xorvatiyada yil futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar