Modrich: "Xorvatiya terma jamoasi o'zi xohlagandek ajoyib o'yin o'tkazdi"
15 iyu 2023 13:46
Yangiliklar


Modrich: "Xorvatiya terma jamoasi o'zi xohlagandek ajoyib o'yin o'tkazdi"
Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich Millatlar Ligasi yarim finalida Niderlandiya ustidan qozonilgan g'alaba (4:2 q.v.) haqida fikr bildirdi.
"Biz o'zimiz xohlagandek ajoyib o'yin o'tkazdik. Balki dastlabki 20 daqiqada o'ynolmagandirmiz, lekin keyin o'yinimiz kuchayib bordi. Goldan keyin futbolchilarimiz borlarini berishdi va o'zlarini juda yaxshi ko'rsatishdi.
So'nggi daqiqada gol o'tkazib yuborganimiz achinarli, ammo qo'shimcha bo'limlarda yana o'z xarakterimizni ko'rsatdik", – dedi Modrich.
Xorvatiya terma jamoasi Millatlar Ligasi finaliga chiqdi va unda Ispaniya va Italiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin g'olibi bilan o'ynaydi. Mag'lub bo'lgan jamoa uchinchi o'rin uchun bahsda Niderlandiya bilan kuch sinashadi.
O’xshash yangiliklar
00:00
Millatlar ligasi. Portugaliya va Ispaniya bosh sovrin uchun kurash olib bormoqda (onlayn hisob) 31
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 28

Fikrlar