So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Modrich haqida odamlar nima deydi? Yangiliklar

Modrich haqida odamlar nima deydi?

Teglar :  Luka ModrichModrich
Taniqli futbol kishilari jahonning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga harakat qilayotgan Luka Modrich haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

- "Men hamma futbolchining ham harakatidan hayratga tushavermayman. Ammo 1982 yilgi mundial Zikoning, to'rt yil keyingi musobaqa esa Maradonaning zavqli o'yini bilan esda qolgan. Bu yilgi jahon chempionatida faqat bitta futbolchining o'yinidan hayratga tushdim, u ham bo'lsa Modrich. Luka mavsumni juda yaxshi o'tkazdi. CHempionlar ligasi finalida ham asosiy o'yinchi Modrich bo'ldi". (Sten Kollimor, sobiq ingliz futbolchisi) 

- "Modrich o'z o'yini bilan sehrlab qo'ya oladigan kam sonli futbolchilardan biri. 8 yil oldin Inesta shunday o'ynardi, hozir bo'lsa Modrichga teng keladigani yo'q". (Xorxe Valdano, futbol mutaxassisi) 

- "Men oldin ham aytganman: Modrich Zidan bilan bir xil darajada. Zidan o'z vaqtida barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi. Hozir shunday imkoniyat Modrichda bor". (Kazemiro, "Real" yarim himoyachisi) 

- "Men uchun Modrich Inestaga o'xshab ketadi. Ularning ikkalasi ham juda kuchli o'yin namoyish etishadi. Men har ikkala futbolchini o'zga sayyoradan kelgan deya olaman". (Ivan Rakitich, Xorvatiya terma jamoasi azosi) 

- "Luka Modrich - Xorvatiya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi". (Robert Prosinechki, sobiq ftubolchi) 

- "Uning Madridda nimalar qilayotganini gapirmay turaman. Hozir Luka qanday o'ynayapti? U ayni paytda jahonning eng kuchli yarim himoyachisimi? Uning o'yiniga qarab rostdan ham shunday ekanini ko'rasiz. Modrichni doim ikki-uch futbolchi o'rab olgan bo'ladi, lekin u vaziyatdan silliq chiqib ketadi". (Steven Jerrard, "Liverpul" sobiq sardori)

- "Modrich eng yaxshisiga loyiq, eng kuchli bo'lishga sazovor. Agar u dunyoning eng kuchli futbolchisi deb topilsa, bundan faqat xursand bo'laman". (Serxio Ramos, "Real" himoyachisi)

- "Men uchun dunyodagi eng muhim musobaqa bu - jahon chempionati. Oxirgi mundialda Modrich zo'r o'yin namoyish etdi. U shuningdek, CHempionlar ligasida ham eng yaxshilardan biri bo'ldi. U to'p bilan juda yaxshi muomala qiladi, to'pni to'g'ri va aniq uzatadi. Qolaversa zarbasi ham joyida. U imkoni yo'q to'p uzatishlarni ham amalga oshira oladi". (Ziko, braziliyalik murabbiy)

- "Modrich jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazdi. U gol urdi, imkoniyat yaratdi, to'p uchun kurashdi, xullas zamonaviy yarim himoyachi qilishi kerak bo'lgan hamma ishni bajardi". (Peter SHmeyxel, daniyalik sobiq darvozabon) 

- "Modrichning harakatlarini ko'rib futbol o'ynash oson deb o'ylaysan. Lekin menga ishoning, futbol o'ynash juda qiyin. Jahon chempionatida yaxshi o'ynash esa yanada qiyin. Luka bamaylixotir to'p tepadi. U to'p bilan go'yoki raqsga tushadi". (Kaka, sobiq futbolchi)

- "Ko'pincha Modrichni faqat gol urganda eslab qolishadi. Bu esa menga yoqmaydi. U gol urmasa ham ko'p ishni bajaradi. Jamoa qiyin vaziyatga tushib qolganida aynan Modrichga o'xshagan futbolchining yordami kerak bo'ladi. U futbolga tashna yarim himoyachi. U to'psiz tura olmaydigan, nihoyatda jasur futbolchi". (Jeymi Rednapp, sobiq futbolchi)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика