Mochinov "Bunyodkor"da ishlaydimi?
07 okt 2014 14:02
Yangiliklar
Mochinov "Bunyodkor"da ishlaydimi?
Bizga malum bo'lishicha, O'zbekiston (U-16) terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov bundan buyon faoliyatini "Bunyodkor"da futbol klubida davom ettiradi.
Yaqinda "Bunyodkor" murabbiylar shtabida bir qator o'zgarishlar ro'y berishi kutilmoqda. Xususan shu paytgacha Sergey Lushanga yordam berib kelgan Hikmat Ergashev bilan Aleksandr Volkov bundan keyin o'rinbosarlar jamoasida ish olib borishadi. Yana bir murabbiy Murod Otajonov esa ikkinchi ligada ishtirok etayotgan "Bunyodkor"da ishlaydi.
Malumki, Aleksandr Mochinov uchun "Bunyodkor" begona emas. U "Oq-tepa"ni qabul qilib olishidan oldin aynan shu klubning o'rinbosarlar jamoasida ishlagan va mamlakat chempionligiga olib kelgandi. Mochinov bilan birga ishlab kelgan Anatoliy Kurlaev ham buyog'iga "Bunyodkor"da ishlar ekan.

Fikrlar