So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  9 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

MLS. Toronto shahri jamoasi sharqiy mintaqa chempioni Yangiliklar

MLS. Toronto shahri jamoasi sharqiy mintaqa chempioni

Teglar :  TorontoAtlanta
Bugun, Toshkent vaqti bilan ertalab AQSH mahalliy ligasi pley-off bosqichi yarim final raundi doirasida ikkinchi bellashuv o'tkazildi va ushbu o'yin ham yana bir kutilmagan natija bilan tugadi.

Final yo'lida bo'ladigan ikkinchi jangda joriy mavsum sharqiy zonada o'tkazilgan o'zaro uchrashuvlari faqat va faqat keskin ruhda o'tgan ikki jamoa uzoq vaqt stabil o'yin namoyish etib kelgan "Atlanta" hamda hal qiluvchi bosqichda kuchlilarni adabini berib qo'ygan "Toronto" orani ochiq qilib olishdi. Jamoalar turnir jadvalida imkonlari boricha mintaqa chempionligi uchun "Nyu-York Siti"ga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qilishdi.

Atlanta shahri jamoasi "posti"ni Amerikada millat faxriga aylangan darvozabon Bred Guzan qo'riqlab bordi. SHuningdek, himoya markazida ko'pchilikka malum va mashhur bo'lgan Pol Pogbaning akasi Florentin harakat qildi. Hujum chizig'idan OAVlarida tarqalgan so'nggi xabarlarga ko'ra, Evropa top-klublari qiziqish doirasida turgan joriy mavsum 29 o'yinda 27 gol urgan forvard Xosef Martines joy olgandi va lekin xattoki u ham jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qola olmadi. Greg Venni shogirdlari orasida esa, o'z vaqtida Franciya chempionatidagi to'purarlik qilgan va shu orqali kimsan Karim Benzemaga vorisi sifatida ko'rilgan Nikolya Beneze bor edi va amalda umidli hujumchi gol urish orqali murabbiy bildirgan yuksak ishonchni to'liq oqladi. SHuningdek, jamoa safidan yaponiyalik iqtidorli vinger Cubasa Endo va mahalliy hujumchi yuksak tajriba egasi Jozi Altidor joy olishgandi. Kutilganidek qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda mehmonlar kuchli iroda evaziga muvaffaqiyat qozonishdi. 

Gollarga kelsak, avvaliga Xosef Martinesning chiroyli uzatmasini Julian Gressel golga aylantirdi va hisobni ochib berdi. Biroq, oradan ko'p vaqt o'tmay Loran Simanni samarali pasidan keyin Beneze super zarbasi bilan o'rtadagi farqni tikladi. Ammo bu hali hammasi emas edi. Ikkinchi bo'limda Nik Deleon to'p kiritib, jamoasi uchun finalga yo'l ochdi. Uning goliga, bir vaqtlar Ispaniya chempionatida to'p tepgan 28 yoshli nisbatan bo'yi kichkina bo'lgan yarim himoyachi Alexandro Posuelo ham mualliflik qildi. SHunday qilib, ohirgi ikki mavsumda bosh sovringa ega chiqqan jamoalar to'qnashuvida amaldagi chempion musobaqadan chiqib ketdi. “Toronto” esa, o'z tarixida ikkinchi marta finalda o'ynaydigan bo'ldi.


Atlanta United

Julian Gressel - 4'

Major League Soccer Playoff . 1/2-tur

31/10/2019, 05:10

2
:
1
Tugadi

Toronto FC

Nicolas Benezet - 14', Nick DeLeon - 78'

Stadion: Mercedes-Benz Arena

45'
90'
4'  Julian Gressel
4'  Gonzalo Martinez
81'  Michael Parkhurst (Hector Villalba)
9'  Michael Bradley
14'  Nicolas Benezet
14'  Laurent Ciman
46'  Tsubasa Endoh (Richie Laryea)
54'  Nicolas Benezet (Nick DeLeon)
61'  Jonathan Osorio
68'  Auro (Patrick Mullins)
70'  Nick DeLeon
78'  Nick DeLeon
78'  Alejandro Pozuelo




Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика