MLS. Runi jamoasi yanchib tashlangan haftada Zlatan klubi bilan chorak finalga chiqdi yoxud 1/8 final yakuni
21 okt 2019 14:44
Yangiliklar


MLS. Runi jamoasi yanchib tashlangan haftada Zlatan klubi bilan chorak finalga chiqdi yoxud 1/8 final yakuni
Amaldagi chempion yurishini davom ettirdi
O'tgan mavsumda matonatli o'yinlari bilan barchani hayron-u lol qoldirgan va yakunda shohsupaga ko'tarilgan "Atlanta" o'z uyida katta qiyinchiliklarni engib o'tib, hal qiluvchi bosqich yo'llanmasiga ega bo'lgan "Nyu-Inglend"ni mehmon qildi. SHuni qayd etib o'tish joizki, uchrashuv teng kurashlar ostida o'tdi va unda mezbonlar Franko Eskobarning 70-daqiqada urgan yagona goli evaziga g'alabani tantana qilishdi.
Atlanta United Franco Escobar - 70' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 19/10/2019, 23:10 0
:
1
Tugadi
|
New England Revolution |
Stadion: Mercedes-Benz Stadium
Dramatik uchrashuv
Mavsum boshidan, doimiy ravishda etakchilar qatorida bo'lib kelgan "Sietl Saunders" o'z maydonida asli o'rtamiyona jamoa hisoblangan va kuchlilarga etarlicha boshog'riq bo'la oladigan ishtirokchilardan biri "Dallas"ni qabul qildi. O'yinga keladigan bo'lsak, ikkila tomon ham bir-birlariga ochiq futbolni taklif qilishdi va muhlislarga gollar shodasini taqdim etishdi. Undan tashqari bahs "overtaym"largacha cho'zilganini ham takidlab o'tish lozim. Mezbonlardan "oltin gol"ga mualliflik qilgan o'yin qaxramoniga aylangan Jordan Morris "xet-trik" qayd etgan bo'lsa, yana bir golni Raul Ruidias urdi. Dallasliklardan Redji Kennon, Mett Xedjes va so'nggi daqiqalarda umid chiroqlarini yoqqan Brayan Akostalar bittadan to'p kiritishdi.
Seattle Sounders FC Raul Ruidiaz - 18', Jordan Morris - 22', Jordan Morris - 74', Jordan Morris - 113' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 20/10/2019, 01:50 3
:
4
Finished AET
|
FC Dallas Reggie Cannon - 39', Matt Hedges - 64', Bryan Acosta - 82' |
Stadion: CenturyLink Field
"Toronto"dan ajoyib g'alaba
Deyarli bir-biriga o'xshash klublar "Toronto" va "Di Si Yunayted" pley-offning dastlabki raundidayoq o'zaro to'qnash kelishdi. Xakamni qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilishga majbur qilgan uchrashuvda har jabhada raqibidan ustun kelgan mezbon jamoa muvaffaqiyat qozonishdi. Avvaliga Marki Delgado hisobni ochdi. Biroq, asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi soniyalarda Lukas Rodriges jamoasiga umid bag'ishlagan edi va lekin, "overtaym"larda Jonatan Osarioning "dubl"i, Richi Larieya va Nik Deleonlar tomonidan kiritilgan gollar bu umidlarni puchga chiqardi. Ueyn Runi esa, ushbu o'yinda biron karomat ko'rsata olmadi.
Toronto FC Marco Delgado - 32', Richie Laryea - 93', Jonathan Osorio - 95', Jonathan Osorio - 103', Nick DeLeon - 105' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 20/10/2019, 04:05 1
:
5
Finished AET
|
DC United Lucas Rodriguez - 90' |
Stadion: BMO Field
Yutada kutilgan natija qayd etildi
Butun mavsum bo'yi chempionlikni qo'lga kiritish yo'lida astoydil ter to'kkan jamoalardan biri bo'lgan "Real Solt-Leyk" o'z muxlislari qarshisida safarda ancha-muncha raqibga etarlicha muammo tug'dira oladigan "Portlend Timbers" bilan bahs olib bordi. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, dastlabki bo'lim o'rtasida Damir Kreylax mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, o'yinning ikkinchi yarmiga start berilishi bilan Dayron Asprilya o'rtadagi muvozanatni tikladi. Lekin, baribir so'nggi daqiqalar o'tib borayotgan bir paytda Jefferson Savarino gol urdi va jamoasi uchun keyingi bosqichga yo'l ochdi.
Real Salt Lake Damir Kreilach - 28', Jefferson Savarino - 87' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 20/10/2019, 08:15 1
:
2
Tugadi
|
Portland Timbers Dairon Asprilla - 47' |
Stadion: Rio Tinto Stadium
Filadelfiyadagi super jang
"Filadelfiya"ni mintaqa chempioniga aylangan "Nyu-York Siti" chorak finalda kutib turgan bir pallada, jamoa o'z ishqibozlari ko'z o'ngida azaliy raqibining hamshahari bo'lgan "Nyu-York Red Bullz" bilan g'alaba uchun mardonavor kurashdi va amalda bunga erishdi. O'yin qo'shimcha bo'limlargacha davom etdi. Gollarga, mezbonlardan Alexandro Bedoyya, Jek Elliot, Fafa Piko va o'sha kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bo'lib, katta sahnaga chiqqan zaxiradan maydonga tushgan Marko Fabianlar mualliflik qilishdi. Nyu-yorklik "buqalar"dan esa, Josh Sims, Tim Parker Tom Barloular bittadan to'p kiritishdi. Xa, Filadelfiya shahri jamoasi futbolchilari uchrashuvda kuchli irodaga ega ekanliklarini isbotlashdi.
Philadelphia Union Alejandro Bedoya - 30', Jack Elliott - 52', Fabrice Picault - 78', Marco Fabian - 105' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 21/10/2019, 01:20 3
:
4
Finished AET
|
New York Red Bulls Josh Sims - 6', Tim Parker - 24', Tom Barlow - 45' |
Stadion: Talen Energy Stadium
Azaliy raqiblar bellashuvida los-anjelesliklar g'olib
Nimchorak final bosqichini yakunlab bergan uchrashuvda azaliy raqiblar "Minnesota" va "LA Gelaksi" o'zaro to'qnash kelishdi va unda tarkibida Zlatan Ibragimovichdek o'yinchiga ega bo'lgan jamoaning qo'li baland keldi. Uchrashuvga keladigan bo'lsak, barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. Sebastyan Lletdjet va Jonatan Dos Santosning kiritgan to'plariga o'yin so'nggida Yan Gregush birgina goli bilan javob qaytardi. SHu tariqa, mehmonlar chorak final yo'llanmasini naqd qilishdi.
Minnesota United Jan Gregus - 87' |
Major League Soccer Playoff . 1/8-tur 21/10/2019, 06:45 2
:
1
Tugadi
|
LA Galaxy Sebastian Lletget - 71', Jonathan dos Santos - 75' |
Stadion: Allianz Field
Xondamir Hakimov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar