MLS. Ibra va Vela "jangi"da shved mag'lub yoxud kuchlilar keyingi bosqichda
25 okt 2019 16:56
Yangiliklar


MLS. Ibra va Vela "jangi"da shved mag'lub yoxud kuchlilar keyingi bosqichda
Bugun bizning mahalliy vaqt bilan tongda qolgan ikkita uchrashuv o'tkazildi va unda musobaqa chempioni tahmin qilinayotgan jamoalar kutilganidek muvaffaqiyat qozonishdi.
SHarq chempioni armonda
Butun mavsum davomida stabil o'yin namoyish etib kelgan va jimjimador g'alabalari orqali o'z mintaqasida tengsiz deb topilgan "Nyu-York Siti" jamoasi so'nggi paytlarda juda yuqori saviyali futbol ko'rsatib kelib, qarshisida chiqqan raqibni tor-mor qilayotgan xavfli raqibga aylangan "Toronto"ga o'z muxlislari qarshisida alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi. Barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Avvaliga mehmon jamoa bosh to'purari Alexandro Posuelo hisobni ochdi. Biroq, bo'lim o'rtalarida nyu-yorkliklarning legioner o'yinchisi Ismael Tadjuri muvozanatni tikladi. Lekin, ohirgi soniyalar o'tib borayotgan bir alfozda yana o'sha tinib-tinchimas Posuelo yuzaga kelgan penaltidan unumli foydalandi va torontoliklarni yarim finalga olib chiqdi.
New York City FC Ismael Tajouri-Shradi - 69' |
Major League Soccer Playoff . 1/4-tur 24/10/2019, 05:20 2
:
1
Tugadi
|
Toronto FC Alejandro Pozuelo - 48', Alejandro Pozuelo - 90' |
Stadion: Yankee Stadium
Ashaddiy raqiblar jangi
G'arbiy zonada mavsum boshidanoq, chempionlik uchun kurash intrigasi yo'qqa chiqqandi. Tabiiyki, buning bosh sababchisi Los-Anjeles shahri bosh jamoasi. Ushbu klub raqiblariga zarracha imkoniyat qoldirmadi. Kumush medallarni qo'lga kiritish yo'lida esa, "Sietl Saunders" va "Real Solt-Leyk" jamoalari jiddiy bahs olib borishdi va yakunda tegishlicha 2-3 o'rinlarni band etishdi. Azaliy raqiblar o'rtaga yarim final yo'llanmasi tikilgan uchrashuvda to'qnash kelishdi va unda kutilganidek, bronza medali egasi yutqazdi. Gollarga kelsak, Gustav Svensson va Nikolas Lodeyrolarning o'yinning ikkinchi yarmida kiritgan to'plari Vashington shahri jamoasiga g'alaba keltirdi.
Seattle Sounders FC Gustav Svensson - 64', Nicolas Lodeiro - 81' |
Major League Soccer Playoff . 1/4-tur 24/10/2019, 08:05 0
:
2
Tugadi
|
Real Salt Lake |
Stadion: CenturyLink Field
Kumush va bronza sohiblari bellashuvi
SHarqiy mintaqada ham "Nyu-York Siti"dek gigant klubdan keyin, 2-3 pog'onalarni bo'lishib olgan muchobaqaning kuchli jamoalari "Atlanta" va "Filadelfiya" o'zaro jangga kirishdi va bu safar ham kumush medal sovrindorlariga omad kulib boqdi. Mamlakatning chempioni ishonchli hisobda zafar quchgan uchrashuvda hal qiluvchi gollarga Julian Gressel va Evropaning bir qator top-klublari qiziqish doirasida turgan jamoa bosh to'purari Xosef Martineslar mualliflik qilishdi.
Atlanta United Julian Gressel - 10', Josef Martinez - 80' |
Major League Soccer Playoff . 1/4-tur 25/10/2019, 06:10 0
:
2
Tugadi
|
Philadelphia Union |
Stadion: Mercedes-Benz Stadium
Los-Anjeles derbisida mezbonlar g'olib
CHiroyli va betakror azim shaharning ikki bir-biridan daxshatli qudratga ega bo'lgan jamoalari yarim final yo'lida o'zaro murosasiz jang olib borishdi. Super uchrashuv kutilganidek, keskin va qiziqarli kurashlar ostida o'tdi. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bo'limda joriy mavsumni fantastik darajada o'tkazayotgan Karlos Vela "dubl"ni rasmiylashtirdi. Uning gollariga Kristian Pavon bitta goli javob qaytardi. O'yinning ikkinchi yarmi esa, "gollar shousi"ga aylanib ketdi. Oldiniga Zlatan Ibragimovich "shedevr" goli bilan hisobni tenglashtirdi. Bu golga mezbonlardan Diego Rossi darhol munosib javob berdi. Oradan hech qancha vaqt o'tmasidan ikkala jamoada ham zaxiradan maydonga tushgan "joker"lar Adama Diomande hamda Rolf Feltsher vazifalarini alo darajada uddalashdi va bittadan to'p kiritishdi. Keyinchalik, o'yin so'nggida Diomande o'z nomiga "dubl"ni yozdirib qo'yish bilan bahsga ohirgi nuqtani qo'yib berdi. SHunday qilib, Bob Bredli shogirdlari raqiblariga kim aslida kim ekanligini ko'rsatib qo'yishdi.
Los Angeles FC Carlos Vela - 16', Carlos Vela - 40', Diego Rossi - 67', Adama Diomande - 68', Adama Diomande - 80' |
Major League Soccer Playoff . 1/4-tur 25/10/2019, 08:50 3
:
5
Tugadi
|
LA Galaxy Cristian Pavon - 41', Zlatan Ibrahimovic - 54', Rolf Feltscher - 78' |
Stadion: Banc of California Stadium
O’xshash yangiliklar

Fikrlar