So’nggi yangiliklar

21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  0 21:00Ўзбекистон кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  22 20:48Эронда легионерларимиз дербиси бўлади!  0 20:10Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор" 0:0 (матнли трансляция)  108 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  3 19:20Клопп дўстини қўллаб-қувватлаш учун Паралимпия Ўйинларига борди  1 18:53Конференциялар Лигасига қура ташланди: "Челси" Қозоғистонга боради, "Бетис" Молдовага сафар қилади  0 18:35Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси U-20 Осиё Кубоги саралаш баҳсларида қатнашиш учун Хитой Тайпейига йўл олади  0 18:06Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 17:55"Пахтакор" ва "Навбаҳор" "Жар"га етиб келди  4 17:39Машҳур инсайдер: Элдор Шомуродов "Рома"да қолиши аниқ  6 17:21"Пахтакор" Элит ОЧЛдаги учрашувларини "Жар"да ўтказади  8 17:03Европа Лигаси янги мавсумига қуръа ташланди: МЮ "Порту" билан, "Тоттенхэм" "Рома" билан ўйнайди  3 16:47Абдуқодир Ҳусанов — "Панатинаикос" - "Ланс" учрашувининг энг яхши футболчиси!  5 16:05Ўзбекистон терма жамоаси собиқ ҳимоячиси: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишоняпман. Бундан яхши имконият бўлмайди"   3

MLS. Barcha o'yinlar bir vaqtda boshlanadi yoxud so'nggi tur uchun prevyu Yangiliklar

MLS. Barcha o'yinlar bir vaqtda boshlanadi yoxud so'nggi tur uchun prevyu

Teglar :  MLSAQSH
Bugun, AQSH mahalliy chempionatining 42-turiga start beriladi va unda musobaqaning pley-off bosqichiga davogar klublar jangi bo'lib o'tadi.

Qolgan o'yinlar esa, shunchaki rasmiyatchilik uchun o'tkaziladi. 


Alamzada jamoalar to'qnashuvi

O'tgan turda, mehmonda "Real Solt-Leyk" jamoasiga yutqazib qo'ygan "Xyuston Dinamo" o'z maydonida yana bir mag'lub "Los-Anjeles Gelaksi"ni qabul qiladi. Albatta, uchrashuvda mehmonlar tarkibidagi super forvard Zlatan Ibragimovich gol urish uchun har qachongidanda ko'proq harakat qiladi. Sababi, u to'purarlar poygasida Karlos Velani quvib o'tishi uchun ikkita gol etmayapti.


SHarqda etakchilar jangi

O'z mintaqasida uzoq vaqtdan beri peshqadamlikni hech kimga bermay kelayotgan Nyu-York shahri bosh jamoasi ham chempionlik masalasini allaqachon hal qilib bo'lgan. Ular mavsum davomida chempionlik uchun jiddiy raqobat taqdim etgan "Filadelfiya" maydoniga safar qilishadi. Ko'ramiz, ashaddiy raqiblar o'rtasidagi bahsda kim muvaffaqiyatga erisharkin.


Erkin torontoliklar "ekipajchilar"ga qarshi

Yakunlangan turda "sensacion" ravishda etakchi jamoalardan biri "Filadelfiya"ni o'z muhlislari qarshisida ishonchli hisobda enggan va ayni vaqtda, yo'qotadigan narsasi qolmagan "Kolambus Kryu" "Toronto" mehmoni bo'lishadi. Mezbonlar pley-off bosqichidagi ishtirokini naqd qilishgan. SHunday ekan, ikkala jamoa ham ortiqcha bosimsiz chiroyli futbol ko'rsatishga harakat qiladi.


Etakchilar bahsi

Butun mavsum davomida kutilmagan va ajoyib o'yinlari bilan muhlis-u mutahassislarni hayratga solgan va chempionlik uchun keskin kurash olib borgan jamoalar so'nggi turga kelib, o'zaro hisob-kitob qilib olishadi. Unda "Sietl Saunders" o'z uyida azaliy raqibi "Minnesota"ni mehmon qiladi. Xa, AQSH chempionatiga befarq bo'lmagan futbol ishqibozlarini qiziqarli uchrashuv kutmoqda.    


Super bellashuv

Joriy turdagi yagona muhim ahamiyatga ega bo'lgan bahsda, pley-off bosqichiga chiqish uchun deyarli bir hil imkoniyati bor jamoalar to'qnash kelishadi. O'tgan tur doirasida Kanzas shahriga safar qilib, durang qayd etgan va qaltis vaziyatga tushib qolgan "Portlend Timbers" o'z maydonida etakchiga mag'lub bo'lgan San-Xose"ni qabul qiladi. O'rtaga hal qiluvchi bosqich yo'llanmasi qo'yilgan o'yin qiziqarli bo'lishi ko'pchilik tomonidan tahmin qilinmoqda.


CHikagoliklar Orlandoga uchishadi

Yakunlangan turda, o'z maydonida “Toronto”ni enga olmagan va shu tariqa keyingi bosqichga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lgan “CHikago Fayr” jamoasi bu safar o'tgan hafta hattoki, yaqqol autsayderga ham ochko ulashgan yana bir bahtsiz klublardan biri “Orlando Siti” mehmoni bo'ladi. Mavsum yarmidan jamoa safiga kelib qo'shilgan bo'lsada, ajoyib mahsuldorlikni namoyish etib kelayotgan Luish Nanidan ishqibozlar chiroyli o'yin va fantastik gollar kutib qolishadi. Etiborlisi, CHikago shahri jamoasi to'purarlari Nikolich va Si Jey Sapong aynan portugaliyalik vinger kabi 12 ta gol urishga muvaffaq bo'lishgan.


“Buqalar” Monrealda mehmon

Pley-off masalasini allaqachon pishitib qo'ygan klublardan biri “Nyu-York Red Bullz” avvalgi turda “Di Si Yunayted” bilan ochkolarni bo'lishib olgandi. Endi ular, tobora mahalliy muhlislarning yoqimtoyiga aylanib borayotgan Boyan Krkich etakchiligidagi keyingi bosqich yo'llanmasidan quruq qolgan jamoa “Monreal Impekt” maydoniga safar qilishadi. Evropaning ko'zga ko'ringan top-klublarida o'ynab, tajriba orttirgan ispaniyalik forvard so'nggi tur bahsida ham o'zini ko'rsatish uchun astoydil harakat qilishiga shubha yo'q. 


CHempion Koloradoga safar qiladi

O'z mintaqasida tengsiz deb topilgan va birinchilardan bo'lib, hal qiluvchi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgan “Los-Anjeles” pley-offdan hali umidini uzmagan “Kolorado” mehmoni bo'ladi. Mezbonlar oldingi turda, dallasliklarni o'z muhlislari qarshisida yirik hisobda tor-mor keltirishgandi va shu orqali, keyingi raundga o'tish yo'lida ajoyib imkoniyatga ega bo'lishdi. Ko'ramiz, Los-Anjeles shahri bosh jamoasi o'zi uchun ahamiyatsiz o'yinda raqibiga shafqat qilarmikin. Malumot o'rnida shuni takidlab o'tish joizki, Koloradoliklarning ko'pchilikka malum va mashhur bo'lgan tajribali darvozaboni Tim Xovard yaqindagina bergan intervyusida faoliyatini yakunlashini elon qildi. Agar jamoa keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qila olmasa, ushbu uchrashuv fahriy kiper uchun hayrlashuv o'yini bo'lishi mumkin.  


O'rtamiyona autsayderga qarshi

Kam sonli qarimas futbolchilar sirasiga kiruvchi va hali hamon o'zining “shedevr” gollari bilan barchani hayrat ummoniga g'arq qilayotgan Ueyn Runi etakchiligidagi “Di Si Yunayted” keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qilgan. Ular bu turda, o'z maydonlarida joriy mavsum hech omadi yurishmagan bechorahol “Cinicinnati”ni qabul qilishadi. Mehmonlar ohirgi uchrashuvda, muhlislari hurmati uchun ham faqat va faqat chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etishlari shart.


Kanzasliklar Dallasda mehmon

Mavsumdagi so'nggi o'yinini o'tkazadigan va keyingi bosqichga chiqishdan umidini batamom uzib bo'lgan jamoalardan biri “Sporting Kanzas-Siti” bu turda, “San-Xose” va “Kolorado” bilan pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish yo'lida keskin kurash olib borayotgan “Dallas” maydoniga safar qiladi. Ushbu bahs, mezbon jamoa uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etganligi vajidan katta qiziqish doirasida turibdi. Ishqibozlar kurashlarga boy ajoyib uchrashuv guvohiga aylanishadi.


Etakchi va autsayder qarama-qarshiligi

O'tgan turda, yuksak jasorat ko'rsatga holda kimsan Ibra jamoasini mag'lubiyatga uchratgan “Vankuver” o'z uyida pley-off yo'llanmasiga ega chiqqan omadli klublardan biri “Real Solt-Leyk”ni mehmon qiladi. Mark dos Santos boshchiligidagi jamoa oldingi o'yinni  mardonavor kurashib, g'alaba bilan yakunlaganiga qaramay ular uchun barchasi tugagan. Afsuski, g'arbiy zonaning eng qoloq ishtirokchisini so'nggi o'rinda qolishi aniq bo'lib ulgurgan. Amerikaning Yuta shtati klubi esa, o'z ishqibozlariga navbatdagi chiroyli zafarini taqdim etish uchun harakat qiladi.


Etakchilar uchrashuvi

Butun mavsum davomida iloji boricha, stabil o'yin ko'rsatishga intilib kelgan kuchli jamoalar o'zaro bahs olib borishadi. Unda, mamlakat bosh sovrinining amaldagi sohibi “Atlanta” o'z maydonida “Nyu-Inglend”ni qabul qiladi. Ikkala klub ham pley-off yo'llanmasini naqd qilishgan. Atlanta shahri jamoasi avvalgi turda, autsayderlardan biri “Monreal” mehmoni bo'ldi va durang qayd etdi. “Inqilobchilar” bo'lsa, o'z muhlislari ko'z o'ngida kimsan mintaqa chempioni Nyu-York shahri bosh jamoasini ishonchli hisobda taslim etdi.               




Xondamir Hakimov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика