MLS. 38-tur yakuni haqida batafsil
19 sen 2019 16:38
Yangiliklar


MLS. 38-tur yakuni haqida batafsil
Autsayder yana engildi
Turnir jadvalida so'nggi pog'onani egallab turgan "Cincinnati" o'z uyida etakchi o'rinlarda borayotgan "Atlanta"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. O'yin taqdirini "Atlanta" to'purari Xosef Martines tomonidan kiritilgan gollar hal qilib berdi. Mezbonlar o'tgan turda "Monreal"ni mag'lubiyatga uchratib, muhlislariga quvonch bahsh etishgandi.
FC Cincinnati |
Major League Soccer . 1-tur 19/09/2019, 05:40 2
:
0
Tugadi
|
Atlanta United Josef Martinez - 59', Josef Martinez - 65' |
Stadion: Nippert Stadium
Nursiz durang
"Sietl Saunders" va "Dallas" o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi. Ikkala jamoaga ham 3 ochko suv va havodek zarur bo'lgan o'yinda murosa ko'chasi tanlandi. Har ikki tomon ham gol urish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Biroq, vaziyatlardan samara chiqarishda futbolchilarga aniqlik etishmadi. Xullas, jamoalar muhim ochkolarni yo'qotishdi.
Seattle Sounders FC |
Major League Soccer . 1-tur 19/09/2019, 08:40 0
:
0
Tugadi
|
FC Dallas |
Stadion: CenturyLink Field
Nihoyat "buqalar" ham g'alaba qozonishdi
Nyu-York shahri jamoasi qatorasiga uchta o'yinda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Bu safar, ular muhlislarini xushnud etishdi. Mehmonda, "Portlend Timbers"ni ishonchli hisob bilan mag'lub etishdi - 0:2. O'yin boshida, Dunkan va asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda Royerning penaltidan kiritgan to'plari 3 ochkoni taminladi.
Portland Timbers |
Major League Soccer . 1-tur 19/09/2019, 08:40 2
:
0
Tugadi
|
New York Red Bulls Kyle Duncan - 3', Daniel Royer - 90' |
Stadion: Providence Park
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar