"Mixed zone". Muhammad-Safo Fozilov: "Yoqimli. Hammasi tushga o'xshaydi"
30 iyu 2022 13:15
Yangiliklar
"Mixed zone". Muhammad-Safo Fozilov: "Yoqimli. Hammasi tushga o'xshaydi"
Uchrashuvni "qaldirg'ochlar"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Muhammad-Safo Fozilov ham asosiy tarkibda boshladi. O'yindan keyin uning fikrlari bilan qiziqdik:
"Men uchun unutilmas o'yin bo'ldi. O'tgan turda "Bunyodkor" libosi bilan debyut qilgandim. Bugun Toshkent derbisida o'ynadim. Juda ham yoqimli".
— Mavsumni o'rinbosarlar safida boshlagan edingiz. Birdan asosiy jamoaga qo'shilish qiyin bo'lmadimi?
— Yo'q, futbolchilar ham, murabbiylar ham yaxshi kutib oldi. Bu erda muhitga moslashish ancha oson bo'ldi. Jamoa juda ahil.
— 1 oy oldin asosiy tarkibda tushib, "Paxtakor"ni yutish haqida o'ylar olarmidingiz?
— Aslo. Men o'rinbosarlar safida edim. Viktor Karpenko o'rtoqlik o'yinlarida meni kuzatib, o'z jamoasiga chaqirib oldi. Lekin asosiy tarkibdan joy berishini sira kutamagandim. Hammasi tushga o'xshayapti.
Fikrlar