Mixaylovich: "Hozirgi "Milan" mavsum boshidagisidan farq qiladi"
04 fev 2016 19:55
Yangiliklar
Mixaylovich: "Hozirgi "Milan" mavsum boshidagisidan farq qiladi"
Milan bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich jamoasining sezilarli darajada kuchayganini "Palermo"ga qarshi o'yindan so'ng ham aytib o'tdi.
"O'yinni nazorat qilib bordik. Haqli ravishda g'alaba qozondik va bundan xursandmiz.
Birinchi davradagisi bilan taqqoslaganda, bu - boshqa "Milan". Mavsum boshida bizda muammolar bo'layotgandi. Biroq, hozirga kelib jamoa kuchaydi. Faqat futbolchilar psixologiyasi borasida biroz ishlash lozim. Hozircha Evropa Ligasi zonasidamiz", - deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, "Milan" 23-turdan so'ng A Seriyada 39 ochko jamg'argan holda 6-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar