Mixailo Zvarich: "Sardorimiz maydonda bo'lganda, natija butkul boshqacha bo'lardi"
03 okt 2024 17:07
Yangiliklar


Mixailo Zvarich: "Sardorimiz maydonda bo'lganda, natija butkul boshqacha bo'lardi"
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/2 finali doirasida Braziliyaga qarshi o'yindan so'ng (2:3) Ukraina terma jamoasi hujumchisi Mixailo Zvarich saytimizga intervyu berdi.
"Braziliya bilan tengma-teng kurashib, yakunda mag'lubiyatga uchraganimiz achinarli. Ukraina juda kuchli Braziliyaga qarshi munosib o'yin ko'rsata oldi. Bizda haqiqiy jamoa, birdamlik mavjud. SHu tufayli har qanday jamoaga qarshi tengma-teng kurasha olamiz. Barcha yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi. SHunchaki, bugun bizning kunimiz emas ekan.
Sardorimizning jarohat olib, maydonni tark etgani ham o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. U maydonda bo'lganda, natija butkul boshqacha bo'lardi. Biz uning yo'qligini bildirmaslik uchun ham mardonavor kurashishga harakat qildik", dedi Zvarich.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar