So’nggi yangiliklar

16:05Лео Игита: "Асли бразилияликман, лекин менинг ватаним Қозоғистон"  0 16:05Футзал. Испания Қозоғистон билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:45Футзал. Дилшод Хайдарқулов: "Парагвайга қарши ўйин кўп нарсага аниқлик киритиб беради"  1 15:28Ўзбекистон футзал МТЖ Парагвайга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 15:08Суперлига. "Олимпик" - "Металлург" (матнли трансляция)  1 14:50"Насаф" Кувайтга 4 нафар асосий футболчисини олиб кетмади  7 14:29Манба: "Андижон" футболчиларига машина ваъда қилинди  10 14:09Кьеллини "Ювентус"га қайтди   0 13:50Суперлига. "Локомотив" "Бобур Арена"да "Андижон"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:29"Реал" хавбеки бир нечта ўйинларни ўтказиб юборади  1 13:01"Бавария" дарвозабонидан тарихий муваффақият  1 12:35Анчелотти шахсий рекордини ўрнатди  2 12:12Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги учрашувга тайинлов олди  0 11:41Элит ОЧЛ. Машарипов ва Ўрунов жамоалари бугун мусобақадаги юришини бошлайди, "Пахтакор" эртага ўйнайди  7 11:20Ўзбекистонлик ҳакам ишлаган, Ливия Андижонда Янги Зеландияни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Mixail Naumov: “Hammasini pul hal qilmaydi!” Yangiliklar

Mixail Naumov: “Hammasini pul hal qilmaydi!”

Teglar :  DinamoMixail Naumov
O'tgan mavsum oliy liga bilan xayrlashgan “Dinamo” shu yilning o'zidayoq kuchlilar safiga qaytishni rejalashtirgan.
Garchi jamoaning kelajagi mart oyiga qadar mavhum bo'lib turgan bo'lsa-da, “Dinamo”ni qisqa vaqt ichida  birinchi liganing eng etakchi klubiga aylanishiga shubha yo'q. Bir hafta oldin jamoaga Ilhom SHaripov bosh murabbiy etib tayinlanganidan xabaringiz bor. Klub yangi ustoz qo'lida ilk uchrashuvini o'tkazishga ham ulgurdi. O'zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichi doirasida “Neftchi”ni qabul qilgan “Dinamo” kichik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Biz uchrashuvdan keyin mart oyi avvalida jamoaga kelib qo'shilgan darvozabon Mixail Naumov bilan suhbatlashdik.

- O'zbekiston Birinchiligi bahslariga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Tayyorgarligimiz reja asosida ketmoqda, deb bemalol ayta olaman. Murabbiylar shtabi ishlab chiqqan rejadan xabarimimiz bor. Samarqanddagi bazamizda kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz. “Neftchi”ga qarshi o'yindan keyin qisqa muddatli tatil berildi. 23 martdan boshlab yana Samarqandda yig'ilamiz va yana kuniga ikki mahallik mashg'ulotlarga kirishamiz. Hozirgi rejaga ko'ra, 28 martga qadar o'z bazamizda yig'in o'tkazamiz.

- Olgan malumotlarimizga ko'ra, O'zbekiston Birinchiligining 1-turidan o'rin olgan “Cementchi”ga qarshi o'yinga Toshkentda tayyorgarlik ko'rar ekansizlar?
- Hozirgi rejaga ko'ra, haqiqatdan ham “Cementchi”ga qarshi o'yinga Toshkentda tayyorgarlik ko'ramiz va u erdan Farg'onaga yo'l olamiz. Ammo bunga chorshanba kuni boshlanadigan yig'inda oydinlik kiritiladi.

- Yosh mutaxassis Ilhom SHaripov murabbiyligida ilk uchrashuvni ham o'tkazdinglar. Jamoaning yangi ustozi haqida qanday fikrdasiz?
- Ilhom SHaripov ishni boshlaganiga ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, yaxshi olib bormoqda. Futbolchilar bilan alohida ishlayapti. Har bir o'yinchining salohiyatidan kelib chiqqan holda alohida ko'rsatmalar bermoqda. Jismoniy holatimizni inobatga olmasa, jamoaning umumiy holati yomon emas. Yangi bosh murabbiy bilan tez til topishib ketdik. Ilhom aka, futbolchilarning ko'ngliga yo'l topa oladigan murabbiylar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, murabbiylar shtabida Uchqun Qobilov ham bor.   

- Jamoa bilan necha yillik shartnomaga imzo chekkansiz?
- 1+1. Yani, yil oxiriga qadar “Dinamo” sharafini himoya qilaman. Agar yil yakunida kelisha olsak, kelasi yilni ham shu jamoa safida o'tkazaman.

- Sizni jamoaga yangi bosh murabbiy etib tayinlanishidan avval taklif qilishgan edi. Ilhom SHaripov “Dinamo”ga o'zi bilgan va tanigan darvozabonni olib kelsa, zaxirada qolib ketishdan qo'rqmaysizmi?
- To'g'ri, meni jamoaga Ilhom SHaripov emas, boshqa murabbiylar taklif qilgan. Lekin Ilhom aka bilan suhbatlashib oldik. Fikrimiz bir joydan chiqdi. U kishi meni, kamina bosh murabbiyimizni hurmat qilaman. Nasib qilsa, “Dinamo” bilan oliy ligaga chiqish vazifasini uddalay olsak, kelasi yil ham klubda qolib, jamoa sharafini himoya qilmoqchiman.

- Aksar insonlar hali birinchi ligada mavsum start olmagan bo'lsa-da, “Dinamo”ni oliy ligaga chiqarib bo'ldi. Haqiqatdan ham jamoangizni oliy ligada desak bo'laveradimi?

- Yo'q. Bularning barchasi mish-mish. Ertaga nima bo'lishini Yaratganning o'zigina biladi. Oddiy misol, mavsumlar oralig'ida “Paxtakor”ni ko'plab etakchilar tark etdi. SHundan keyin amaldagi chempionga qiyin bo'lishini aytishgandi. Hozir nima bo'lyapti? Tarkib yoshargan bo'lishiga qaramasdan jamoa oliy ligada ham, CHempionlar Ligasida ham yomon o'yin ko'rsatayotgani yo'q. To'g'ri, “Dinamo”ning maqsadi oliy liga va biz kuchlilar safida hech qanday o'tish o'yinisiz, to'g'ridan-to'g'ri chiqishni maqsad qilganmiz. Yani, birinchi o'rinni egallamoqchimiz. Ammo birinchi ligada oliy ligani ko'zlayotgan klublar ko'p. Ular ham o'tish o'yinida o'ynashni xohlamaydi va o'z-o'zidan birinchi o'rin uchun kurashishadi. Demak, chempionatda oliy liga yo'llanmasi uchun kurash qizg'in kechadi. Bu “Dinamo” oliy ligada degani emas!

- Bunday gap-so'zlar ko'payishining asosiy sababi, “Dinamo”ning yillik smetasi boshqa raqiblariga nisbatan ko'p ekanligi bilan bog'liq?!
- Futbolda pul hamma narsani hal qilmaydi! Futbol maydonda o'ynaladi va g'olib nomi ham maydonda aniq bo'ladi. Uzoqqa bormaylik, oliy liga debyutanti “Obod”ning yillik smetasi u qadar katta emasligi hech kimga sir emas! Ular o'tgan mavsum ham unchalik katta bo'lmagan smeta bilan oliy ligaga chiqishni uddalashdi. Oliy ligada esa, ahil tarkibi bilan ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Buni hamma ko'rib turibdi. SHuning o'ziyoq futbolda pul hamma narsani hal qilmasligiga isbot bo'la olsa kerak?!

- Mana ikkinchi mavsum birinchi ligada to'p surishga yaqin turibsiz. Quyi liga to'g'risidagi fikrlaringiz?
- Oliy liga bilan birinchi liga klublarining byudjetini taqqoslab bo'lmasa-da, quyidagi o'yinlar anchagina og'ir o'tadi. Qaysi manodaki, birinchi ligada futbolchilar har doim o'zini ko'rsatish uchun harakat qiladi. Maydonda borini beradi. SHu orqali oliy liga klublarining etiboriga tushgisi keladi. SHuning uchun birinchi ligada to'p surish og'irroq.


Furqatbek NISHONOV suhbatlashdi.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика