So’nggi yangiliklar

14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  2 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  4 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  7 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2 12:16Фабио Каннаваро ҳикояси: Копток узатувчиликдан "Олтин тўп"га қадар йўл  2 12:00Championat.asia ва Transfermarkt Суперлиганинг сентябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   1 10:55Криштиану Роналду: "Мақсад жаҳон чемпионатига чиқиш ва унда ғалаба қозониш"  40 10:25Осиё Кубоги-2011. Жепаров ва Шацкихнинг голлари Кувайт устидан ғалаба келтирган оқшомни ёдга оламиз  4 10:04"Интер Майами" Альбанинг ўрнига "Реал" собиқ футболчини олиб келмоқчи  5 09:31"Истанбул Башакшехир" қишда РПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:00"Реал" ва "Барселона" Германия МТЖ ҳимоячиси учун курашмоқда  1 08:33ПСЖ "Барселона" футболчиси учун трансфер рекордни янгилашга тайёр  7 08:06МЮ Бруну бўйича бир қарорга келди  7 07:41Фабрицио Романо: "Ал Иттиҳод"нинг янги бош мураббийи маълум  0

Misrdagi jahon chempionati, Angliyadan tushgan taklif, Holmuhammedovning darvozaga turishi – Osiyo vice chempioni Sunnatilla Mamadaliev bilan suhbat Yangiliklar

Misrdagi jahon chempionati, Angliyadan tushgan taklif, Holmuhammedovning darvozaga turishi – Osiyo vice chempioni Sunnatilla Mamadaliev bilan suhbat

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2002 yil Osiyo chempionatida yarim finalga chiqib ilk bor U-20 jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi

O'sha tarkibdan keyinchalik Aleksandr Geynrix, Jasur Hasanov, SHavkat Salomov, Ilyos Zeytullaev, Ignatiy Nesterov kabi yulduzlar etishib chiqdi. Bu ishni ikkinchi bor udddasidan chiqish 2008 yil Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi terma jamoaga nasib qilgan. Bugungi kunda o'sha terma jamoa azolarining deyarli barchasi Superliga jamoalarida yuqori darajada to'p tepmoqda. Bularning qatori ko'p. Islom To'xtaxo'jaev, Fozil Musaev, SHerzod Azamov, SHerzod Karimov, Murod Xolmuhammedov... Ha, ular keyingi avlod vakillariga o'xshab bir yonib so'ng yulduz bo'lib ketmadilar. Bosqichma bosqich shakllanib bordilar. Bugungi suhbatdoshimiz Sunnatilla Mamadaliev ham o'sha jamoa bilan Saudiya Arabistonida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida kumush medallariga ega chiqqandi. Yaqinda ushbu futbolchi bilan qator mavzular yuzasidan suhbatlashdik.

- Ahmad Ubaydullaev ustozlik qilgan yoshlar terma jamoasini shakllanishi va tashkil etilishi qanday bo'lgan?
- Tarkibning o'zagi CHig'atoy futbol maktabining tarbiyalanuvchilaridan iborat edi. Ahmad aka barchamizni bolaligimizdan bilardi. Sababi uning qo'l ostida kichikinaligimizdan boshlab shug'ullanganmiz. Adashmasam sakkiz yoki to'qqiz yil davomida CHig'atoydagi bazada tayyorgarlik ko'rdik. Viloyatdan qo'shilgan ayrim yigitlar bilan ajoyib jamoa shakllangandi.

- Eshitishimizga qaraganda OFK rahbarlari sizlarni jahon chempionatiga chiqarishni istashmagan ekan. Asosiy favorit Janubiy Koreya, Avstraliya, Eron ko'rsatilgandi. Biroq, yakunda kuchli jamoalarni musobaqadan chiqarib yuborgan terma jamoamiz mundialga yo'llanma olgandi...
- Menimcha bu quruq gap. Bizga hech kim qarshi chiqmagan. Jahon chempionatiga kuchli terma jamoalar yo'l olgan deb o'ylayman.

Sunnatilla Mamadaliev 6-raqamda


- Masalan, hakamlar tomonidan juda ko'p adolatsizliklar bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Deylik, Tailand bilan uchrashuvda Fozil Musaevning hisoblanmagan goli, yarim finalda Benjamin Uilyamsning qiliqlari...
- Hammamiz ham insonmiz. Hech birimiz xato qilishdan kafolatlanmaganmiz. Balki, mayda kichik xatolar bo'lgan bo'lsa kerak. Biz hech narsaga etibor bermasdan o'z o'yinimizga va maydonga etibor qaratardik. Baribir hakam bilan tortishib foyda ko'rmaysiz. Agarda hakamlar bizga qarshi qo'yilganida jahon chempionatiga chiqa olmagan bo'lardik.

- Bilamizki, kuchli raqiblarga qarshi, hal qiluvchi uchrashuvlardan oldin asosiy narsa futbolchilarga motivaciya bera olish va ruhlantirish hisoblanadi. Ahmad Ubaydullaev futbolchilarni kayfiyatini qanday qilib ko'tarardi?
- Har bir murabbiy turli uslubda uchrashuvga futbolchilarni tayyorlaydi.Ushbu mutaxassis, ustozimiz bizlarni doim nazoratda ushlab turardi. Qattiqqo'l va talabchan edilar. Ularning bergan tarbiyalari va o'rgatgan narsalari orqali shu darajagacha chiqdik.

- Xitoy bilan o'yinda Doniyor Usmonov hakam tomonidan chetlatilgandi. Darvozada esa Murod Holmuhammedov turib qahramonga aylangandi. Lekin, darvozaga aslida boshqa futbolchi turishi kerak bo'lgan ekan...
- Murod muvaffaqiyatda katta hissa qo'shgan. Doniyor Usmonov so'ngi daqiqalarda koncentraciyani yo'qotdi, xato qildi. Islom To'xtaxo'jaev darvozabon sifatida o'yinni davom ettirishi lozim edi. Biroq, Murodning o'zidan darvozada turish tashabbusi chiqdi. Mashg'ulotlarda ham ko'proq u o'zini ushbu poziciyada sinab ko'rardi.

- BAA bilan final uchrashuvida futbolchilar xotirjamlikka berildimi yoki jamoada jismoniy tomonlama kuch qolmadimi?
- CHarchab qoldik desam bahonadek tuyuladi. CHunki, amirlik tengqurlarimiz ham finalgacha mezbon Saudiya Arabistonini mag'lubiyatga uchratgandi. Biz esa bitta gol farqi bilan Janubiy Koreyani yutganmiz. BAA chempionlikka haqli ravishda o'yin ko'rsatgandi. Balki, biz birinchi gol urganimizda oltin medal bizniki bo'lishi mumkin edi.

- Turnirdan so'ng xorijlik skautlar tomonidan ko'plab futbolchilarga takliflar tushgandi. Deylik, Davron Mirzaev musobaqaga «Rubin» jamoasidan taklif qilingandi...
- Endi murabbiylarga, klublarimizga bu borada murojaat qilgan bo'lishligi mumkin. U paytlarda agentlik ham rivojlanmagan edi. Hozirgi davrga kelib agentlik qiluvchi kompaniyalar soni keskin oshdi. Oramizdan eng ko'p SHerzod Karimovga chorlov ko'p tushgan.

- 2009 yil Misrdagi jahon chempionatida O'zbekiston chindan ham kuchsiz edimi? Ammo, guruhimizda Gana, Angliya, Urugvay jamoalari joy olganini ham inobatga olishimiz lozim...
- Mundialga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rib borganmiz. Mirabror Usmonov jamoamiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bergandi. Yig'inlarni ko'proq xorijda o'tkazardik. Guruhimizdagi raqiblardan Gana finalga etib borgan, Urugvay yarim finalda o'z yurishini to'xtatgan. Ganani yutishimiz mumkin edi. Birinchi bo'lib hisobni ochganmiz. Gol qo'yib yuborganimizdan so'ng o'yinni tashlab qo'yganmiz. Hamma o'yinlarda ijobiy natija qayd etmagan bo'lsakda munosib qarshilik ko'rsata olganmiz. Angliya bilan 1:1 o'ynaganmiz. Keyingi yili Angliya futbol rahbarlarining shaxsan o'zi bizni o'rtoqlik uchrashuviga taklif qilishgan. Londonda 0:2 hisobida engilganmiz. Agarda, biz jahon chempionatida yomon o'ynaganmizda Angliyadek davlatdan taklif bo'larimidi? Kris Smolling, Kieran Tripperlarga qarshi maydonga chiqqanimizni unutmayman.

- 2010 yil Osiyo o'yinlarida guruhdan qiyinchilik bilan chiqqandik. Qatar bilan uchrashuvda ham so'ngi daqiqalarda raqib yuz foizlik vaziyatdan foydalana olmagandi...
- Bizda yoshi kattalardan Odil Ahmedov va Temur Jo'raev bor edi. Janubiy Koreyaga qo'shimcha bo'limlarda imkoniyatni boy berganmiz. Qolgan terma jamoalarda yoshi katta va yulduz futbolchilari bor edi.

- Keling endi suhbatimizni bugungi kun bilan davom ettirsak. Oxirgi bor Tojikistonning «Xo'jand» jamoasi bilan shartnoma imzolagan edingiz. Ammo, kelishuv nima uchundir bekor qilindi...
- «Xo'jand» bilan shartnomaga ham qo'l qo'ygandim. Lekin, murabbiylar so'ngi pallada hujumchi va oldingi chiziqda o'ynaydigan futbolchi kerakligini aytib qolishdi. Natijada ikki tomon do'stona xayrlashdik.

- Superliga klublarida ko'rinish bermadingiz...
- Toshkentning «Oq Tepa» jamoasi safiga qo'shildim. Maqsadimiz yuqori, jamoani yuqori o'rinlar sari intilishi uchun barcha narsa etarli.

- Karantinda nimalar bilan bandsiz?
- Oilam davrasida karantin qoidalariga rioya qilgan holda hordiq chiqaryapman. Birinchi navbatda shifokorlarimizga rahmat aytib qolaman. Birgalikda bu baloni engamiz.



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика